BOLALARGA BERING DUNYONI
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg'ubor va quvonchli bayram hisoblanadi.
Mamlakatimizda ham ushbu bayram har yili dillarda quvonch ila nishonlanadi. Bolalar o'z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo'lgan qiziqishini uyg'otadilar. Ko'zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg'och misoli. Hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalari bo'lgan bolalarni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
Ushbu kun 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bag'ishlangan Butunjahon konferensiyasida ta'sis etilgan bo'lsa, oradan 25 yil o'tib, 1950-yildan bayram sifatida nishonlanib kelinadi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni, eng avvalo, kattalarga bolalarning yashash, fikr va e'tiqod erkinligi, ta'lim olish, hordiq chiqarish va hordiq chiqarish huquqlarini hurmat qilish, jismoniy va ruhiy zo'ra-vonlikdan himoya qilish zarurligini eslatib turadi.
"Bolalarni himoya qilish kuni" bayra-mining maqsadi ham keng jamoatchilik diqqatini bolalarning muammolariga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoni-yatlariga, baxtli bolalikka ega bo'lishlariga va o'z mamlakatining to'la-to'kis va xotirjam fuqarosi bo'lib o'sishlariga qaratilgandir. Shuningdek, bayramni nishonlash orqali ulg'ayib kelayotgan yosh avlodni kelajakda ma'nan boy, jismonan sog'lom va axloqan pok bo'lib voyaga yetkazishdir.
O'zbekistonda bolalar huquqlari, avvalambor Konstitutsiya bilan belgilangan. Shuningdek, 2007-yilda qabul qilingan "Bola huquqlari kafolatlari to'g'risidagi" qonun, 2019-yil 22-apreldagi "Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori bilan himoyalangan.
Undan tashqari O'zbekistonda bolalarni har tomonlama, jismonan ham intellektual yetuk insonlar bo'lib o'sishini ta'minlash maqsadi-respublikaning ustuvor vazifalari qatoriga kiritilgan.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni har doim turli tadbirlar bilan nishonlanadi, uning maqsadi butun dunyodagi bolalarning ahvoliga e'tiborni qaratishdir.
Barcha bolajonlarimizni bayram bilan tabriklaymiz. Tinch va osoyishta vatanimizda bolajonlarimizni beg'ubor kulgusi doim jaranglab tursin.
Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

OILA - JAMIYATNING BUGUNI VA KELAJAGI
- 19 май, 10:57

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30