Jamiyatda zo'ravonlik va nizolarning oldini olishdagi muhim qadam

O'zbekiston respublikasi  Prezidentining  2023-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston respublikasi inson huquqiy sohasidagi milliy ta'lim dasturini  tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-46-sonli qaroriga ko'ra: Inson huquqlari sohasidagi ta'lim har bir fuqaroning inson huquqlariga nisbatan hurmatini rag'batlantirish va unga har tomonlama rioya etilishini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etib, zo'ravonlik va nizolarning oldini olishda ham muhimligi aytib o'tilgan.

2020 - 2024-yillarda inson huquqlari sohasida ta'lim berish orqali yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan inson huquqlari sohasidagi jahon ta'lim dasturining to'rtinchi bosqichi amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy ta'lim dasturini amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" ishlab chiqiladi. Unga ko'ra:

- 2023/2024-o'quv yilidan boshlab professional va oliy ta'lim tizimida "Inson huquqlari", "Ayollar huquqlari", "Bola huquqlari" bo'yicha tegishlicha o'quv va maxsus kurslar joriy etish belgilab quyildi.

- 2023-yil 1-martdan boshlab tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslari doimiy ravishda tashkil etilishi belgilab qo'yildi.

2023-yil 1-aprelga qadar:

1."O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari", "Inson huquqlari", "Bola huquqlari", "Ayollar huquqlari", "Nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari" turkum qo'llanma va risolalarni tayyorlash va chop etish choralarini ko'rish belgilab qo'yildi;

2.Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Inson huquqlari sohasida ta'lim olish bo'yicha elektron platformani yaratib, ishga tushirish belgilab qo'yildi.

3. Belgilandiki, mazkur tutilgan topshiriqlarni amalga oshirish bilan bog'liq xarajatlar Markazga Davlat budjeti doirasida ajratiladigan mablag'lar hisobidan qoplanadi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Markaz bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar "Inson huquqlari", "Ayollar huquqlari", "Bola huquqlari" bo'yicha o'quv va maxsus kurslar   joriy etiladigan professional va oliy ta'lim tashkilotlarining aniq ro'yxatini shakllantirishi hamda tegishli o'quv dasturlarini takomillashtirish choralarini ko'rish belgilab qo'yildi.


Sh.Nosirov,

tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti.