Sud fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil organ sifatida
2023-yil 30-aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan.
Kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarning hajmi va ko'lami, xususan, uning moddalari 128 tadan 155 taga ko'paydi.
O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag'ishlangan ikkinchi bo'limida (19-64-moddalar) inson huquq va erkinliklarini ta'minlash - davlatning oliy maqsadi etib belgilangan (54-modda).
Inson va davlat organlari o'rtasidagi yuzaga keladigan noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi, huquqiy ta'sir choralari qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli va mutanosib bo'lishi kerakligi (20-modda), insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo'lishi mumkin emasligi belgilab qo'yilgan (26-modda).
Inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kengaytirilgan.
Xususan, ekologiya (99-modda), sog'liqni saqlash (48-modda), gender tenglik (58-modda), erkin harakatlanish, turar va yashash joyini erkin tanlash, mamlakatdan chiqish va moneliksiz qaytish (32-modda), shaxsiy ma'lumotlar himoyasi (31-modda), tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma'lumot olish (51-modda), bepul yuridik yordam olish (29-modda), davlat xizmatiga kirishda tenglik (37-modda), uy-joyga ega bo'lish, undan mahrum etilganda kompensatsiya olish (47-modda), bank operatsiyalari va hisob varaqlarining sir saqlanishi (41-modda), dam olish (45-modda), tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olish (48-modda), qonunchilikka oid taklif kiritish (98-modda) kabi yangi konstitutsiyaviy huquqlar kiritilgan.
Bundan tashqari, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 133-moddasida Fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo'lingan bo'lsa, sudda ko'rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o'ziga nisbatan qo'llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to'g'risidagi shikoyat bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli ekanliklari belgilab qo'yildi.
Sh.Rahmatov,

QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54

BUGUNNING TALABI, ERTANING KAFOLATI
- 19 апр, 15:28

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30