Matematikani yaxshi ko‘rish uchun 7 sabab

Matematikani bilish hayotda juda qo‘l keladi, lekin matematika deyilganda gap umuman trigonometrik tenglamalar haqida emas.

Ko‘pchilik o‘quvchilardan “Nega bizga trigonometriya kerak?”, “Geometriyada koordinatalarni aniqlash bizga nega kerak?”, “Bu fanlar hayotimizda qo‘l kelmaydi”,  degan gaplarni ko‘p eshitamiz. Keling, bu fan bizga aslida nima uchun kerakligi va matematikani sevishimiz uchun sabablar haqida gaplashamiz.


1. Aniqlik
 Tarixdagi ko‘p voqealar bahsli mavzular bo‘lishi mumkin. Ular to‘g‘risida ko‘pgina mavzularda, turli qarashlarni olib chiqadigan maqolalar chop etilgan. Aniq javoblar esa haligacha ma’lum emas. 

Matematikada esa hammasi boshqacha: hammasi aniq! 2+2=4, har doim, Afrikada ham, taqchillik davrida ham, yomon havoda ham shunday bo‘lgan va bundan keyin ham shundayligicha qoladi.


2. Tafakkurni rivojlantirish
 Bola faqat sanashnigina o‘rganaversa, bir kun kelib rivojlanishdan to‘xtaydi. Ammo, turli algoritmlardan foydalangan holda og‘zaki sanash ham mumkin, bunda fikrlash tezligi ortib boradi lekin shu bilan to‘xtab qolib ham bo‘lmaydi. Keyinchalik esa geometriya, trigonometriya, stereometriya, logarifmlar bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi va har bir qiyin mavzu intellekt (tahlil qilish va umumlashtirish ko‘nikmalari, mavhum fikrlash va fikr yuritish qobiliyati)ni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.


3. Mavhum fikrlash ko‘nikmasi

Bitta kompyuterga ikkita kompyuterni qo‘shsak uchta kompyuter bo‘lishini barcha biladi, ammo shu misolni yechish davomida haqiqatdan ham 3 ta kompyuter barchaning ham yonida bo‘lavermaydi. Matematika bizga abstrakt fikrlashni o‘rgatadi. Bu ko‘nikma esa yaqin va uzoq kelajak uchun rejalar tuzishda juda qo‘l keladi. 


4. Muhim qarorlar qabul qilishda yordam beradi

Agar sizda faqat “N” so‘m bo‘lsa, ammo ta’tilda orzuyingizdagi kabi dam olish uchun yana “N+200000” so‘m kerak bo‘lsa, biz arzonroq variantni tanlaymiz, albatta. “Orzudagi ta’til”ga qanchalik erishishni xohlamang, matematik reallik buni iloji yo‘qligini ta’kidlayveradi.

Mana 5-6-sinf o‘quvchisi uchun ajoyib masala: Birinchi shaharchada 100 ta bola yashaydi, ikkinchisida esa 300 ta. Shaharlar orasidagi masofa 10 km. Bolalar birgalikda eng kichik masofani bosib o‘tishlari uchun qaysi nuqtada maktab qurish kerak? Javob – maqola so‘ngida. 


5. Algoritmlar bilan ishlashni o‘rganamiz
 Kundalik hayotimizda algoritmlardan o‘zimiz ham sezmagan holda foydalanishimizni sezganmisiz? Masalan, matematika bizga bir xil harakatlarni qilib, turli xil natija kutish ahmoqlik haqida aytadi. Hamkasbingiz doimgiday qahva tayyorlamoqchi ammo, qahva tayyorlagich ishlamayapti. Hamkasbingiz esa odatdagiday ishini qayta-qayta takrorlayapti, ammo qahva yo‘q. Uning matematik darajasini tahlil qilib ko‘ring-chi?


6. Mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi

Matematik masalalar hayotdagi ko‘pgina muammolarni hal qilishda mantiqan yondashishga, har narsaning hisobini olishga yordam beradi. Bu esa muammolardan “silliqlik” bilan chiqib ketishda qo‘l keladi.

Matematikani o‘rganing – hayotni anglang.
 Masala javobi: Birinchi shahardagi bolalar uchun qanchalik qayg‘uli bo‘lsa-da, ikkinchi shaharda qurish kerak.

Xabardor.uz