"SHE'RYURAKLAR" YANA "DUEL"DA

Joriy yilning 12-may kuni 45-IDUMning faollar zalida Oqdaryoning ijodkor o'quvchilari ishtirokida "She'ryuraklar" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi. Tumandagi umumta'lim maktablaridan saralab olingan 19 nafar yosh ijodkorlar ishtirokidagi ushbu duel chinakam ijodiy raqobatga aylandi, desak, mubolag'a bo'maydi.
Tanlov ishtirokchilari avvalo o'z qalamlariga mansub eng sara she'rlardan o'qib eshittirishdi. To'rt bosqichda davom etgan tanlov finaliga yetib borgan ijodkorlar hakamlar hay'ati tomonidan berilgan so'zlar ishtirokida sahnaning o'zida she'r yozib berishdi.
Tanlov yakuni natijalariga ko'ra 3-o'rin 15-maktabning 10-sinf o'quvchisi Durdona Qurbonovaga, 2-o'rin 45-IDUMning 8-sinf o'quvchisi Shirinbonu Saxodinova hamda 47-IDUMning 7-sinf o'quvchisi Marjona Eshqulovalarga nasib etdi. Tanlovda1-o'rinni 44-maktabning 8-sinf o'quvchisi Sabrina Rashidova qo'lga kiritdi. G'oliblar diplom, badiiy kitoblar bilan taqdirlanib, ta'tildagi ikki kunlik ijodiy safar chiptasini qo'lga kiritishdi.
CH. Qurbonova,
45,47-IDUMlarning IMMB targ'ibotchisi.

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

Unutilmas uchrashuv
- 07 янв, 10:24

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00