Ma’rifat osmonidagi ikki yulduz
Oqdaryo tumani 40-umumta’lim maktabida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlariga bag‘ishlangan “Ma’rifat osmonidagi ikki yulduz” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Navoiy ijodining ona tilini yuksaltirish va milliy ma’naviyatni rivojlantirishdagi beqiyos o‘rni, Boburning esa tarixiy tafakkur va vatanparvarlik timsoli ekani ta’kidlandi. Buyuk ajdodlar merosini yosh avlodga yetkazish muhim vazifa ekani qayd etildi.
Sahna ko‘rinishlari, g‘azal va ruboiylar orqali ikki mutafakkirning hayoti va ijodi badiiy jihatdan yoritildi. O‘quvchilarning chiqishlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Tadbir ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari Mahmudova Mahquloy O‘ktamovna va Xolmirzayeva Durdona Erkinjon qizi tomonidan tashkil etildi.
Yakunida: “So‘zda Navoiy, tarixda Bobur — millatning boqiy iftixori”, degan ezgu g‘oya tadbir mazmunini ifodaladi.
Мавзуга оид:







