XOTIN-QIZLARGA AMALIY YORDAM KO'RSATISH DOLZARB VAZIFA

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlar muammo-larini o'rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'ri-sida"gi 145-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi faoliyati hamda "Ayollar daftari" bilan ishlash tizimi takomil-lashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi VM-462-sonli qarori ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Har bir sektor kesimida mahallabay mahallaning kollegial qarori asosida "Ayollar daftari"ga 30 va undan katta yoshdagi quyida keltirilgan toifalardagi jami 4935 nafar xotin-qizlar to'liq o'rganilib, individual dasturlar shakl-lantirildi. Jumladan:

- Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar 2579 nafar (bandligi ta'minlanmagan, ishlash istagida bo'lgan, biroq daromad manbaiga ega bo'lmagan xotin-qizlar);

- Tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand 265 nafar xotin-qizlar (bandligi ta'minlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan xotin-qizlar);

- Boquvchisi bo'lmagan ehtiyojmand 588 nafar xotin-qizlar (boquvchisi bo'lmagan (vafot etgan, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, ruhiy kasal, I-II guruh nogironligi bo'lgan, bedarak yo'qolgan, nikohi bekor qilingan) ehtiyojmand xotin-qizlar); 

- Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan 1061 nafar xotin-qizlar (mehnatga layoqatsiz, o'zgalar parvarishiga muhtoj xotin-qizlar);

- Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand 13 nafar xotin-qizlar;

- Qaramog'ida nogironligi bo'lgan farzandi bor ehtiyojmand 429 nafar xotin-qizlar (nogironligi bo'lgan farzandini parvarishlashga o'zini bag'ishlagan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar). 

"Ayollar daftari" ro'yxatiga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarni muammolarini tizimli ravishda hal etish bo'yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1.   Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qilar toifasiga kiritilgan 2579 nafar xotin-qizlardan 2579 nafari; 

2. Tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 265 nafar xotin-qizlardan 265 nafariga tumandagi ikkita tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratildi.

3. Boquvchisi bo'lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 588 nafar xotin-qizlarning 576 nafariga "Ayollar daftari jamg'armasi", 11 nafariga "Saxovat va ko'mak jamg'armasi" hisobidan bir martalik 220 500 000 so'm miqdorida moddiy yordam ko'rsatildi. 

4.   Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 1061 nafar xotin-qizlarning 1014 nafariga "Ayollar daftari jamg'armasi", 41 nafariga "Saxovat va ko'mak jamg'armasi" hisobidan bir martalik 395 625 000 so'm miqdorida moddiy yordam ko'rsatildi. 

5. Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 13 nafar xotin-qizga uy-joyga ijara shartnomalari tuzildi. 

6. Qaramog'ida nogironligi bo'lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 429 nafar xotin-qizlarning 415 nafariga "Ayollar daftari jamg'armasi", 14 nafariga "Saxovat va ko'mak jamg'armasi" hisobidan bir martalik 160 875 000 so'm miqdorida moddiy yordam ko'rsatildi.

Bundan tashqari "Ayollar daftari" ro'yxatiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 200 nafar xotin-qizlar Toshkent shahri, Qashqadaryo va Xorazm shaharlariga sayohatga yuborildi. 

"Ayollar daftari" ro'yxatiga kiritilgan 4935nafar xotin-qizlarga tegishligi bo'yicha psixologik, huquqiy va tibbiy yordamlar ko'rsatildi.


Y.O'ROQOVA,

       tuman hokimi o'rinbosari, Oila va

                   xotin-qizlar bo'limi boshlig'i.