XALQ DEPUTATLARI OQDARYO TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Uchastka saylov komissiyalari tarkibiga a'zolik uchun nomzodlarni tavsiya etish to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 23-va 25-moddalariga, O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 8-iyuldagi "Ayrim bo'shab qolgan o'rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to'g'risida"gi 1468-son qaroriga, "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi Qonunning 6- va 24-moddalariga hamda saylov qonunchiligi talablariga asosan, Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o'ttiz ikkinchi sessiyasi
QAROR QILADI:
1. O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 8-iyuldagi "Ayrim bo'shab qolgan o'rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to'g'risida"gi 1468-son qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashida bo'shab qolgan deputatlik o'rin-lariga saylov o'tkazuvchi 571-, 611-, 612-, 585-, 586-, 592- va 602-uchastka saylov komissiyalari tarkibiga a'zolikka tavsiya etish uchun fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlar to'g'risidagi ma'lumotlar qabul qilinsin.
3. O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 8-iyuldagi 1468-son qaroriga asosan, xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining bo'shab qolgan deputatlik o'rinlariga saylov o'tkazish:
 2-Mustaqillik saylov okrugi;
12-Avazali saylov okrugi;
18-Qahramon saylov okrugi bo'yicha 2026-yil 16-avgust, yakshanba kuni o'tkazilishi belgilanganligi inobatga olinsin.
4. Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi ayrim bo'shab qolgan o'rinlarga saylov o'tkazuvchi uchastka saylov komis-siyalari tarkibiga a'zolikka tavsiya etilgan nomzodlar ro'yxatini:
4.1. 2-Mustaqillik saylov okrugiga qarashli 571-, 611- va 612-uchastka saylov komis-siyalari tarkibiga a'zoligiga tavsiya etilgan nomzodlar ro'yxatini 1-, 2- va 3-ilovalarga muvofiq;
4.2. 12-Avazali saylov okrugiga qarashli 585- va 586-uchastka saylov komissiyalari tarkibiga a'zoligiga tavsiya etilgan nomzodlar ro'yxatini 4- va 5-ilovalarga muvofiq;
4.3. 18-Qahramon saylov okrugiga qarashli 592- va 602-uchastka saylov komissiyalari tarkibiga a'zoligiga tavsiya etilgan nomzodlar ro'yxatini 6- va 7-ilovalarga muvofiq ma'qullasin hamda Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etilsin.
5. Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova uchastka saylov komissiyalari tarkibiga a'zolikka tavsiya etilgan nomzodlar haqidagi ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 8-iyuldagi 1468-son qarori talablariga muvofiq "E SAYLOV" axborot tizimi orqali Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasiga yuborilishini ta'minlasin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasiga (J.Sadullayev) yuklatilsin.
Kengash raisi         А.А. Abdusaidov.
2026-yil, 17-iyul.       VII-32-92-7-92-K/26