"Yong'indan ogohlik - umummilliy kompaniyasi oyligi" boshlandi
1-sentabrdan 30-sentabrgacha yurtimizda "Yong'indan ogohlik - umummilliy kompaniyasi oyligi" o'tkazilmoqda. Mazkur tadbir Oqdaryo tumanida ham keng qamrovda tashkil etilib, aholi o'rtasida yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqarolarning hayoti hamda mol-mulkini asrashga qaratilgan targ'ibot-tashviqot ishlari kuchay-tirilmoqda.Oylik doirasida tumandagi mahallalar, ta'lim muassasalari, ijtimoiy soha ob'yektlari, korxona va tashkilotlarda yong'in xavfsizligi bo'yicha tushuntirish va targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda. Fuqarolarga xonadonlarda elektr va gaz jihozlaridan to'g'ri foydalanish, isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmaslik, bolalarning olov bilan ehtiyotsiz munosabatda bo'lishiga yo'l qo'ymaslik hamda yong'in sodir bo'lganda to'g'ri harakat qilish bo'yicha tavsiyalar berilmoqda.
Shuningdek, aholi gavjum hududlar va ijtimoiy ob'yektlarda yong'in xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan profilaktik tadbirlar tashkil etilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha tegishli tavsiyalar berilmoqda.
Targ'ibot tadbirlari davomida fuqarolarga yong'in sodir bo'lganda sarosimaga tushmaslik, avvalo insonlar xavfsizligini ta'minlash, imkon qadar elektr va gaz tarmoqlarini o'chirish hamda zudlik bilan 101, 112 raqamiga xabar berish zarurligi eslatilmoqda.
Mazkur umummilliy oylikning asosiy maqsadi - tuman aholisining yong'in xavfsizligi madaniyatini yanada oshirish, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan ko'ngilsiz holatlarning oldini olish va davlat ob'yektlarida xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilinishini ta'minlashdir. Olib borilayotgan bu kabi tezkor va tizimli profilaktika tadbirlari hududda barqaror muhitni saqlashga hamda fuqarolar hayoti va mol-mulki xavfsizligini kafolatlashga xizmat qiladi.
Zero, yong'in xavfsizligi - faqat mas'ul tashkilotlarning emas, balki har bir fuqaroning kundalik e'tibori va mas'uliyatini talab qiladigan muhim vazifadir. Oddiy ehtiyot choralariga amal qilish orqali ko'plab ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish, inson hayoti va mol-mulkini asrab qolish mumkin.
Tumanida ushbu oylik doirasidagi tadbirlar 30-sentabrga qadar davom ettirilib, yong'in xavfsizligi bo'yicha aholining ogohligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil olib boriladi.
Yong'indan ogoh bo'laylik! Xavfsizlik qoidalariga amal qilaylik va yaqinlarimiz hayotiga befarq bo'lmaylik!
Z.Narzullayev,
tuman FVB FVPB inspektori,
katta leytenant.
Мавзуга оид:






