XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING Q A R O R I Oqdaryo Tumanining 2025-Yilgi Mahalliy Byudjetini Tasdiqlash To'g'risida

QAROR QILADI:
1. O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi "2025-yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risida"gi O'RQ-1011-son Qonuni hamda xalq depu-tatlari Samarqand viloyat Kengashining 2024-yil 26-dekabrdagi VII-5-025-7-0-K/24-son qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2024-yil 26-dekabrdagi VII-5-025-7-0-K/24-son qaroriga muvofiq, Oqdaryo tumani mahalliy byudjetining 2025-yilgi daromadlari 116 045 120,0 ming so'm xarajatlari ham 116 045 120,0 ming so'mga ma'lumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek Oqdaryo tumani mahalliy byudjetining shaxsiy g'azna hisobvarag'ida turgan byudjet mablag'larining yo'l qo'yiladigan eng kam miqdori 966 000,0 ming so'm etib belgilanganligi hamda tuman mahalliy byudjetiga umumdavlat soliqlar va boshqa soliqsiz tushumlardan ajratmalar me'yorlari tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
3. Tuman mahalliy byudjeti daromad-larining 2025-yil uchun asosiy prognoz ko'rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda tuman mahalliy byudjetidan 2025-yilda hududiy byudjet mablag'larini taqsimlov-chilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman mahalliy byudjeti zaxira jamg'armasi hajmi 2025-yil uchun 1 470 058,0 ming so'm miqdorida belgilansin. Bunda, zaxira jamg'armasi mablag'larini amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq, byudjet tizimi byudjetlari shakllantiri-layotganda oldindan nazarda tutib bo'l-maydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo'lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo'naltirilishi ta'minlansin.
5. Qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo'yicha mutloq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar 3-ilovaga, jismoniy shaxslar bo'yicha (dehqon xo'jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallagan yerlardan tashqari) mutloq miqdorda 1m2 uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari E.Ashurov, tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi (N.Ismoilov), tuman soliq inspeksiyasi (O.Ilyasov) bilan birgalikda 2025-yil mahalliy byudjeti uchun belgilangan ko'rsatkichlarni o'z vaqtida va samarali bajarilishini ta'minlash choralarini ko'rsin.
7. Hududiy byudjet mablag'larini taqsim-lovchilar byudjetdan ajratilgan mablag'lardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda to'liq reja-lashtirilishi va o'z vaqtida to'lanishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni to'g'ri shakllantirilishi va o'z vaqtida taqdim etilishini ta'minlasin.
8. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Oqdaryo Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi (R.Rabbanaqulov) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kamba-g'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari (E.Ashurov) zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari tuman
Kengashi raisi Sh.Qudratov.
2024-yil 27-dekabr.
Мавзуга оид: