“Ertakchi bolajon’’ Bolaliknıng sehrli olamiga sayohat

Yaqinda tuman Axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bolalarning badiiy adabiyotga va ertaklar olamiga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Ertakchi bolajon”  ko’rik- tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
 Tanlovda tumandagi barcha umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir jarayonida yosh iste’dod egalari o’zlari sevib mutolaa qilgan o’zbek xalq ertaklari hamda jahon ertaklarini mahorat bilan hikoya qilib berib, ifodali nutq va ijodkorlik qobiliyatini namoyon etdilar. Ko’rık-tanlovda ishtirokchilar 2ta shart bo’yicha bellashishdi. Tanlovda 1-o’rinni 10 maktabning 3- sinf o’quvchisi Baxtıyorova Asila, 2-o’rinni 1- maktabning 4-sinf o’quvchisi  Shuhratova Mohlaroyim , 3- o’rinni 15 maktab 4- sinf o’quvchisi Abdug’afforova Mubinalar egallashdi.
Qizg’in va va ko’tarinki ruhda o’tgan bellashuv yakunida eng zukko, bilimdon va mahoratli kichik ertakchilar munosib baholanib, g’olib va  sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan  faxriy yorliq hamda  esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.    
Shuni faxrlanib aytish kerakki, tanlovning  tuman bosqichida muvafaqqiyat qozonib, viloyat bosqichiga yo’llanma olgan yosh kitobxonimiz – 10- maktab o’quvchisi Baxtıyorova Asila viloyat bosqichida ham munosib ishtirok etib, faxrli 2- o’rinni qo’lga kiritdi va tumanimiz sharafini munosib himoya qildi.
Bunday tanlovlar va erishilayotgan yutuqlar o’sib kelayotgan yosh avlod qalbiga ezgulik, vatanparvarlik va kitobga mehr  tuyg’ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Gulnoza Davurova,
 tuman Axborot kutubxona markazi bıbliografıya xizmati mutaxassisi.