XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING QARORI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprelda "Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5072-sonli qarori va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi "Mahalliy byudjet mablag'lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta'minlash to'g'risida"gi KQ-213-IV-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentyabrdagi "Ochiq byudjet" axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakl-langan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5250-sonli qarori, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-aprelda "Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-117-sonli qarorlarining ijrosini ta'minlash maqsadida, Oqdaryo tuman Iqtisodiyot va Moliya bo'limi boshlig'i U.Maxmanazarovning hisoboti inobatga olinib, "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq sakson to'rtinchi sessiyasi
QAROR QILADI:
1. Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda "Fuqarolar tashabbusi jamg'armasidan" mablag'larni yo'naltirish bo'yicha Oqdaryo tuman Iqtisodiyot va Moliya bo'limi boshlig'i U.Maxmanazarovning hisoboti ma'lumot uchun qabul qilinsin. 2. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining "Ochiq byudjet" axborot portali orqali "Tashabbusli byudjet" jarayonida fuqarolar tomonidan o'z hududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha qoldirilgan takliflarning 3-bosqich, ya'ni "ovoz berish" jarayoni yakunida aniqlangan "g'olib" takliflar ro'yxati hamda undagi shakllangan tadbirlarni Nizom talablariga muvofiq moliyalashtirish bo'yicha manzilli ro'yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oqdaryo tuman Iqtisodiyot va Moliya bo'limi (U.Maxmanazarov), tuman G'aznachilik bo'linmasi (O.Raximov)lar "Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi"dan jamoatchilik fikri asosida sohalarga ajratilayotgan mablag'larni jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo'naltirish bo'yicha tegishli soha rahbarlari bilan birgalikda loyiha smetalarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda moliyalashtirilishini ta'minlasin.
4. Tuman hokimligi Axborot xizmati (A.Majidov) "Oqdaryo ovozi" gazetasi tahririyati (Y.Muhammadiyev)ga jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarning moliyalashtirilishi hamda amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazish tavsiya etilsin.
5. "Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi"da shakllangan mablag'lar qonunchilikda belgilangan tartibda faqat jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo'naltirilsin va ushbu mablag'-larning boshqa maqsadlarga ishlatilishi taqiqlansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi (M.Ergasheva) va tuman hokimining birinchi o'rinbosari (E.Ashurov) zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari tuman kengashi raisi,
tuman hokimi Sh.Qudratov.
2023-yil 15-aprel.
Мавзуга оид:

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

DOLZARB VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
- 25 янв, 13:12