Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori OQDARYO TUMANINING 2024-YILGI MAHALLIY BUDJETINI TASDIQLASH TO'G'RISIDA

O'zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi Qonunining 6, 24-moddalari, Budjet kodeksining 99-moddasi, "2023-yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to'g'risida"gi Qonuniga hamda Samarqand viloyati Xalq deputatlari Kenga-shining 2023-yil 27-dekabrdagi "Samarqand viloyatining 2024-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to'g'risida"gi VI-94-126-7-0-K/23-sonli qaroriga muvofiq, 2024-yil uchun Oqdaryo tumani budjetini qabul qilish bo'yicha Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining oltinchi chaqiriq, to'qson to'qqizinchi   sessiyasi
QAROR QILADI:
1.  Samarqand viloyati Xalq deputatlari Kengashining 2023-yil 27-dekabrdagi "Samarqand viloyatining 2024-yilgi mahal-           liy budjetini tasdiqlash to'g'risida"gi                            VI-94-126-7-0-K/23-sonli qaroriga asosan:
Oqdaryo tumani budjetiga Samarqand viloyati budjetidan ajratilgan tartibga soluvchi budjetlararo transfert 66 121 343,0 ming so'm, shundan mobil aloqa xizmatlari, tamaki va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig'i bo'yicha transfertlar 29 297000,0 ming so'm miqdorida tasdiqlanganligi;
tuman budjetining aylanma kassa mablag'i 1 056 000,0 ming so'm miqdorda belgilanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2.  2024-yil uchun tuman budjeti daromadlar prognoz ko'rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.  Tuman budjetidan 2024-yilgi hududiy budjet mablag'larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklan-    gan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4.  2024-yil uchun tuman budjeti zaxira jamg'armasi hajmi 1 470 058,0 ming so'm miqdorida belgilansin.
5.  Tuman hokimligi:
tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar xara-jatlarining rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirish;
budjet daromadlari va xarajatlarining prognoz ko'rsatkichlari bajarilishini ta'minlash;
budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va mas'uliyatni yanada kuchaytirish;
tegishli mahalliy budjetlarga soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning to'liq tushumini ta'minlash;
budjet daromadlar bazasini oshirish va qo'shimcha rezervlarni aniqlash zarurligiga alohida e'tibor qaratsin;
soliq bazasini kengaytirish, iqtisodiy salohiyatni oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilash, budjet mablag'laridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan qat'iy nazoratni o'rnatish;
tegishli ravishda hududiy budjet mablag'lari taqsimlovchilarning budjet mablag'laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar bo'yicha hisobotlarini xalq deputatlari tuman Kengashiga kiritib borilishini ta'minlasin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi (M.Ergasheva) hamda   tuman hokimining birinchi o'rinbosari E.Ashurov  zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi                   Sh.Qudratov.
 2023-yil, 29-dekabr.