KONSTITUTSIYA - BAXTIMIZ QOMUSI

Bugungi tahlikali jarayonlar bilan kechayotgan bir davrda davlatimizning ijtimoiy va siyosiy tizimini aniq maqsad sari yo'lga qo'yishda "Inson manfaatlari -hamma narsadan ustun "degan tamoyil asosida islohatlar amalga oshirilmoqda. "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi respublikamizning barcha hududlaridagi tashkilotlar, muassasalar, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarida, ommaviy axborot vositalarida, davlat organlarida keng muhokamaga qo'yilib, bahs-munozaraga boy bo'lgan davra suhbatlari hamda tadbirlar bo'lib o'tdi. Bunda xalqning orzu istaklari o'rganildi, huquqiy bilimlar berildi. Konstitutsiyaning har bir moddasi huquqshunos mutaxassislar, fuqarolar tomonidan o'rganib chiqildi.
O'zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasi davlatimizning ijtimoiy va siyosiy tizimini, davlat organlarining tashkil etilishi va faoliyatini, unda yashovchi fuqarolarning huquq va burchlarini belgilab beruvchi asosiy qonundir. Bir so'z bilan aytganda, konstitutsiya hayotimizni huquqiy jihatdan tartibga solib turadi. Albatta fuqarolar taqdirini hal qiladigan baxtimiz qomusi bo'lgan konstitutsiyada xalqning huquq va burchlari, manfaatlari qonun bilan belgilab qo'yilmog'i lozim. Shu boisdan Konsti-tutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasida barcha yurtdoshlarimiz faol ishtirok etishib, o'zlarining taklif va mulohazalarini berishdi. Biz o'qituvchilar ham konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasida faol ishtirok etib, o'z fikr-mulohazalarimizni bildirdik.
Мa'lumki, har bir mustaqil davlatning o'z konstitutsiyasi bo'lib, qadimda ham "Amir Temur Tuzuklar"i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo'lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda O'rta Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli ta'sir o'tkazgan. Bugungi kunda O'zbekiston xalqi, shu yurtda yashayotgan 130 dan ortiq millat vakillari ham teng huquqlidirlar. Shunday ekan, biz o'qituvshilar o'quvchilarga yoshligidan baxtimiz qomusi bo'lgan konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini chuqur anglatmog'imiz lozim.
Aziz yurtdoshlar, qonunlarimizni mukammal o'rganib, qonun ustuvor bo'lgan Yangi O'zbekistonning tinchligi va farovonligini birga asraylik. Zero, shu aziz Vatan barchamizniki!
Sarvinoz Shayimova,
56-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi.
Мавзуга оид:

KONSTITUTSIYA - BAXTIMIZ QOMUSI
- 10 дек, 14:03

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00

21-oktabr O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
- 21 окт, 10:27