TUMAN AHOLISIGA МUROJAATNOMA

Yurtimizda kuz-qish mavsumi boshlanishi va ob-havo haroratining pasayib borishi bilan aholi xonadonlarini isitishga bo'lgan ehtiyoj ortib bormoqda.
Biroq, tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, fuqarolarimiz tomonidan isitish mavsumi oldidan xonadonlarda o'rnatilgan isitish pechlarining xavfsiz ekanligini batafsil ko'zdan kechirilmasligi oqibatida ayanchli va qayg'uli holatlar sodir bo'lmoqda. Bular asosan aholi xonadonlaridagi yong'inlar, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va portlashi, fuqarolarning tabiiy va is gazidan zaharlanishlaridir. 
Kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan ta'biiyki isitish tizimiga ehtiyoj keskin ortadi. Ming afsuski, tahlillarga ko'ra tumanimizda hozirgi kunga qadar  jami 12 ta aholi uylarida turli ko'lamdagi yong'inlar sodir bo'ldi. Yong'inlarning asosiy sabablari isitish vositalarining nazoratsiz qoldirilishi, yosh bolalarning sho'xligi, elektr tarmoqlaridagi nosozliklar va boshqalardir.
Eng achinarlisi shundaki, o'tgan 10 kun davo-mida viloyatimizda jami 4 ta holatda fuqarolarning is gazidan zaharlanib halok bo'lishlari bilan bog'liq  ko'ngilsiz holatlar sodir bo'ldi. Oqibatda 1 nafar fuqaro zaharlanib, tibbiyot muassasasiga og'ir ahvolda yotqizildi. Biroq, 8 nafar fuqarolar, hayotdan ko'z yumdi. Bularning 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir. Holat yuzasidan olib borilgan o'rganishlarda, barcha holatlarda tabiiy gaz tarmog'iga ulangan qo'lbola isitish pechining tutun chiqarish mo'risini tozalamasdan, uning zaharli yonish mahsulotlarini o'tkazuvchanlik qobiliyatini tekshirmasdan kechasi yoqib uxlash oqibatida zaharlanish va o'lim holati kuzatilgan. Ya'ni 2 ta holatda isitish pechining mo'risidan bahor-yoz davrida in qurgan qushlarning uyasi chiqqan bo'lsa, 1 ta holatda mo'ri ichiga qushlar uya qurmasligi uchun latta tiqib, uni olib tashla-masdan isitish pechidan foydalanilgan. Oqibatda barcha zaharli gazlar xona ichiga to'planib fuqarolarning o'limiga sabab bo'lgan. 
Aziz tumandoshlar! Yuqoridagilarni inobatga olgan holda xonadonlaringizdagi isitish pech-larining texnik sozligini batafsil ko'zdan kechirishingizni, uning mo'risi toza ekanligiga ishonch hosil qilmasdan turib uni yoqmas-ligingizni, turmushda gaz va gaz uskunalaridan foydalanish qoidalariga va yong'in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishingizni so'raymiz. Zero, inson salomatligi va hayoti har narsadan ustundir. Barchamizning oilamiz xavfsizligi o'z qo'limizda.
Zuhriddin Xolmonov,
 tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi profilaktika va nazorat bo'linmasi inspektori, leytenant.