KONSTITUTSIYA - BAXTIMIZ QOMUSI

Konstitutsiya - davlatning   asosiy  qonuni  bo'lib, xalqning  irodasi   va  manfaatlarini  to'la   ifoda  etuvchi  hamda   ularning  manfaatlarini  ko'zlovchi   ijtimoiy  tuzumni  mustahkamlashga  xizmat   qiladi.
Konstitutsiya  lotincha "constitution"- tuzilish, tuzuk,qoida  va  nizom   ma'nolarini  anglatadi. U  davlat   tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv   organlari  tizimini, ularning  vakolati   hamda  shakllantirilish  tartibi, saylov  tizimi, fuqarolarning  huquq   va  erkinliklari, jamiyat  va   shaxsning  o'zaro  munosabatlari,  shuningdek, sud  tizimini   hamda davlat va jamiyatning o'zaro muno-sabatlarini  belgilab   beradi.
Mana shu  qonun majmui orqali dunyo    davlatining davlatligini, millatning millat  ekanligini bilib oladi. Asosiy qonunimiz  xalqimizning  irodasi   va  ruhiyatini, uning ijtimoiy ongi va madaniy  darajasini ifoda etadi, chunki uni yaratish va muhokama   qilishda  butun  xalq   ishtirok  etadi.
"Xalq davlat hokimiyatining birdan bir  manbaidir. O'zbekiston  Respublikasida  davlat   hokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab va   O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  hamda   uning  asosida  qabul   qilingan  qonunlar  vakolat   bergan idoralar tomonidangina amalga   oshiriladi. Konstitutsiyada   nazarda  tutilmagan     tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini  o'zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini  to'xtatib qo'yish yoki tugatish, hokimiyatning  yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konsti- tutsiyaga   xilof  hisoblanadi  va   qonunga  binoan  javobgarlikka tortishga asos bo'ladi", deyiladi O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  7- moddasida.
Muhtaram birinchi prezidentimiz ayt-ganidek:"Konstitutsiya (Asosiy   qonun) - bu  xalq  tafakkuri   va  ijodiyotining  mahsulidir".
"O'zbekiston Respublikasida barcha  fuqarolar bir  xil   huquq  va  erkinliklarga   ega  bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy  kelib   chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy  mavqei-dan qat'i nazar qonun oldida tengdirlar".  O'zbekiston  Respublikasi   Konstitutsiya-si 18-moddasi.
O'zbekiston  Respublikasi   Konstitutsiyasi  1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Konstitutsiya   6  bo'lim, 26 bob,128 moddadan  iboratdir. Konstitutsiya inson va uning  manfaatlari uchun xizmat qiladi.
Bugungi  kunda   mamlakatimizning  barcha muassasalarida konstitutsiyamiz qabul   qilinganligining 29 yilligi katta tantanalar  bilan   nishonlanmoqda.
Ushbu   sana  munosabati   bilan 5-umumiy  o'rta  ta'lim maktabida ham bayram tadbiri   o'tkazildi. Tadbirni maktab  direktori N.O'roqov  ochib berdi. Davlat madhiyasi yangradi.  Maktab   o'quvchilari  tomonidan  konstitutsiya   va  uning moddalari  haqida   keng  ma'lumotlar  berildi. Baxtimiz Qomusiga atalgan she'rlar, ashulalar  barchada  katta   qiziqish  uyg'otdi. Tadbirdagi go'zal raqslar va sahna  ko'rinishlari  ham   davraga  o'zgacha  shukuh   baxsh  etdi.

  Xurshida FAYZIYEVA,

               5-maktabning tarix fani o'qituvchisi.