Inson va qonun DAVLAT MULKINI TALON-TAROJ QILGAN MUDIRAGA CHORA KO'RILDI

Sudlanuvchi Amirova Gulmira (ismi-sharifi o'zgartirilgan), 2022-yil 1- iyundan 2024-yil 2-dekabr kuniga qadar tumandagi Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudirasi lavozimida ishlab kelibmansab mavqeini su'iiste'mol qilgan. 2023-2024 yillar davomida u Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ishlagan xodimlarning jami 62.610.881 so'm naqd pul shakldagi oylik maoshlari hamda moddiy yordam pullarini to'lov ro'yxatlariga xodimlar nomidan imzolarini qo'yibshu yo'l bilan hujjatlarni qalbakilashtiribo'zganing mulkini o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilgan

Shuningdeksudlanuvchi G.Amirova o'zining jinoiy harakatlarini davom ettiribDavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 2023-yil va 2024-yilning oktyabr oylarida ishlamagan va ishga kelmagan xodimlarning rasmiy hujjat hisoblangan ish haqi tabellariga moddiy manfaat ko'rish maqsadida ularning ishga kelganligi haqida qalbaki yozuvlar kiritibOqdaryo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi markazlashgan hisobxonasiga taqdim etishi natijasidaularga ish haqi va boshqa to'lovlar hisoblanib to'langan.

JumladanM.S.ga 2022-yil avgust-noyabr oylari, 2023-yil yanvarmart oylarida ishlamagan bo'lsada, 10.532.788 so'mB.S.ga 2023-yil yanvar oyida musiqa xodimi vazifasida ishlamagan bo'lsada, 261.154 so'mI.M.ga 2023-yil yanvarfevralmart oylarida mavsumiy o't yoquvchi, 2023-yil iyuniyul oylarida qorovul vazifasida ishlamagan bo'lsada, 2.552.131 so'mJ.A.ga 2023-yil iyuniyulnoyabrdekabr, 2024-yil yanvar-mart oylarida jismoniy tarbiya yo'riqchisi vazifasida ishlamagan bo'lsada, 6.408.000, X.N.ga 2023-yil fevral-dekabr, 2024-yil fevral-mart oylarida ingliz tili o'qituvchisi vazifasida ishlamagan bo'lsada, 18.821.237 so'mL.I.ga 2023-yil dekabr, 2024-yil yanvar-apreliyun-oktyabr oylarida tarbiyachi vazifasida ishlamagan bo'lsada, 20.522.607 so'm ish haqi hamda boshqa shu singari jami 106.662.421 so'm ish haqi va boshqa to'lovlar hisoblanibto'lanishi natijasidabyudjet mablag'lari rastrata qilish yo'li bilan talon-toroj qilingan.

Sudlanuvchi Amirova Gulmiraga O'zbekiston Respublikasi JK 167-moddasi 2-qismining "a,gbandlari bilanJK 45-moddasini qo'llab, 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinibhar oyda oylik ish haqidan 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Sindor ERGASHEV,

       tuman prokurori yordamchisi.