PORAXO'RLIKKA CHEK QO'YILDI

To'plangan hujjatlarga ko'ra, Departamentning Oqdaryo tuman bo'limiga Payariq tumanida yashovchi fuqaro Po'latov (ismi-sharifi o'zgartirilgan) murojaat qilgan. Unda "Samarqand suv ta'minoti" AJ inspektori Mavlonov (ismi-sharifi o'zgartirilgan) "Quality Standart" MCHJga qarashli xalq tabobati klinikasining suv tarmog'iga suv hisoblagichsiz noqonuniy ulanganligi holati yuzasidan rasmiylashtirilgan dalolatnomani yo'q qilib berishni hamda suvoqava tarmog'iga ruxsatsiz ulanganligi holati yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga undan 2200 AQSH dollarini talab qilayotganligini bayon qilgan va Mannonovga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Ushbu ariza yuzasidan 2026-yil 13-mart kuni Departamentning Oqdaryo tuman bo'limi, DXX Oqdaryo tuman bo'limi hamda Samarqand viloyat IIB Idoraviy hamkorlik xodimlari bilan hamkorlikda Oqdaryo tumani "A.Navoiy" mahallasi hududida joylashgan "Paynet" shahobchasi oldida "Samarqand suv ta'minoti" AJ inspektori Mavlonov paynet shaxobchasida ishlovchi tanishi I. orqali "Quality Standart"MCHJga qarashli xalq tabobati klinikasining suv tarmog'iga hisoblagichsiz noqonuniy ulanganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomani yo'q qilib berish va suvoqava tarmog'iga ruxsatsiz ulanganligi holati bo'yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga ariza muallifi Po'latovdan jami 2200 AQSH dollari pullarni pora tariqasida ta'magirlik yo'li bilan talab qilib olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan va hujjatlar prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mannonovga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 214-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Sh.Toxirov,

Departamentning Oqdaryo tuman bo'limi

katta tezkor vakili.