Inson va qonun YO'L QOIDASIGA RIOYA QILISH BARCHANING ISHI
Huquqbuzar To'rayev Eldor (ismi-sharifi o'zgartirilgan), 2026-yil 30-avgust kuni soat 15:30 larda boshqaruvida bo'lgan "Neksiya-2" rusumli transport vositasini Oqdaryo tumani "O'zbekiston" mahallasini ichki xo'jalik yo'lida boshqarib borib, yo'l harakati qoidalarining 77-bandida ko'rsatib o'tilgan talablarini qo'pol ravishda buzadi. Voyaga yetmagan piyoda Botirov Mo'min(ismi-sharifi o'zgartirilgan)ni urib yuborib, yo'l-transport hodisasi sodir etadi. Natijada voyaga yetmagan piyoda Botirov Mo'min yengil tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilganligi aniqlanib, ma'muriy bayonnoma tuzilgan.Sud majlisida so'roq qilingan huquqbuzar E.To'rayev o'zining ko'rsatuvida, aybiga iqrorlik bildirib, quyidagilarni aytdi. Haqiqatdan ham u 2026-yil 30-avgust kuni soat 15:30 larda boshqaruvida bo'lgan "Neksiya-2" rusumli transport vositasini Oqdaryo tumani, "O'zbekiston" mahallasini ichki xo'jalik yo'lida boshqarib borib, voyaga yetmagan piyoda Botirov Mo'minni urib yuborib, yo'l-transport hodisasi sodir etganligini tan oldi. Natijada voyaga yetmagan piyoda Botirov Mo'min yengil tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilganligi aniqlangan. E.To'rayev sodir qilgan qilmishidan chin ko'ngildan pushaymonligini, hozirda voyaga yetmagan jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to'liq qoplab berganligini, voyaga yetmagan jabrlanuv-chining qonuniy vakilining unga nisbatan hech qanday da'vosi yo'qligini, ular o'zaro yarashishganligini, oilaviy sharoiti og'irligini inobatga olib qonuniy yengillik berishlikni bildirib bayonot berdi.
Sud majlisida so'roq qilingan voyaga yetmagan jabrlanuvchi Botirov Mo'minni otasi T.Botirov o'zining ko'rsatuvida, haqiqatdan ham 2026- yil 30-avgust kuni soat 12:20 larda fuqaro E.To'rayev boshqaruvida bo'lgan "Neksiya-2" avtomashinasi bilan o'g'lini urib yuborib, yo'l-transport hodisasi sodir qilganligini, natijada voyaga yetmagan M.Botirov yengil tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilganligini aytdi. Hozirda huquqbuzar E.To'rayev undan kechirim so'rab, o'g'liga yetkazilgan barcha zararlarni qoplab berganligini, ular o'zaro yarashishganligini, uni huquqbuzarga nisbatan hech qanday da'vosi yo'qligini, bu haqda ariza taqdim qilishligini bildirib bayonot berdi.
Sud huquqbuzar Eldor To'rayevga nisbatan jazo tayinlashda uning aybiga iqrorligini, qilmishidan pushaymonligini, hozirda jabrlanuvchining qonuniy vakilidan kechirim so'rab, o'zaro yarashganliklarini, jabrla-nuvchining qonuniy vakilining unga nisbatan hech qanday da'vosi yo'qligini hamda huquqbuzarlikning oqibatlari bartaraf etilganligini inobatga olib, O'zbekiston Respublikasi MJtK 271-moddasining 101-bandiga asosan ishni harakatdan tugatishlikni lozim deb topdi.
Sh.Tursunov,
Jinoyat ishlari bo'yicha Oqdaryo tuman sudi raisi.
Мавзуга оид:
OILAVIY ZO'RAVONLIKKA YO'L QO'YILMAYDI
- 15 окт, 15:50
Inson va qonun Firibgarlikning umri qisqa bo'ladi
- 14 окт, 10:40
Jinoyat va jazo SO'NGGI PUSHAYMON O'ZINGGA DUSHMAN
- 01 фев, 14:01





