Har bir murojaat ortida inson borligini unutmaylik

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman va shaharlardagi Xalq qabulxonalari aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotni tashkil etish, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to'laqonli himoya qilishga qaratilgan bo'lib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning eng samarali va tizimli faoliyatini ta'minlashda muhim o'rin tutmoqda.
2023-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-avgustga qadar Oqdaryo tumanida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Veb-sayt, Chet eldan murojaat, Prezident pochtasi, Ta'qib xabar, Sayyor qabul, Ishonch telefoni hamda Xalq qabulxonasiga 3.505 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 2581 tasi, ya'ni 81 foizi qanoatlantirilgan, 494 tasiga tushuntirish berilgan, 14 tasi ko'rmasdan qoldirilgan, 40 ta murojaatlar rad etilgan, 23 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan, qolgan 326 ta murojaatlar o'rganish jarayonida.
2023-yilning 7 oyi davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oqdaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga sektorlar kesimida hamda tumandagi 35 ta mahallalar kesimida eng ko'p murojaat tushgan MFYlar o'rganilganda; 
1-sektor hududida istiqomat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 963 ta murojaatlar kelib tushgan. Sektor hududidagi mahallalardan  Yangiravot-2 MFYdan 81 ta, Yangiobod MFYdan 246 ta, Mustaqillik MFYdan 222 ta, Oqdaryo MFYdan 120 ta, Pichoqchi MFYdan 69 ta, Kumushkent MFYdan 137 ta hamda Z.M.Bobur MFYdan 88 ta murojaatlar kelib tushgan.  
2-sektor hududida istiqomat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 833 ta murojaatlar kelib tushgan. Sektor hududidagi mahallalardan A.Navoiy MFYdan 80 ta, Bozorjoy MFYdan 41 ta, Taraqqiyot MFYdan 86 ta, Boshdarxon MFYdan 142 ta, Dahbet MFYdan 175 ta, Po'latdarxon MFYdan 98 ta, Chorbog' MFYdan 94 ta, Olchintepa MFYdan 29 ta hamda Paxtaobod MFYdan 88 murojaatlar kelib tushgan.  
3-sektor hududida istiqomat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 1040 ta murojaatlar kelib tushgan. Sektor hududidagi mahallalardan A.Temur MFYdan 107 ta, Galaravot MFYdan 64 ta, Loyish MFYdan 154 ta, Oytamg'ali MFYdan 114 ta, Sug'onchi MFYdan 87 ta,  Yangihayot MFYdan 67 ta, Yangiqo'rg'on MFYdan 106 ta, Turon MFYdan 85 Yangiqishloq MFYdan 104 ta, O'zbekiston MFYdan 122 ta murojaatlar kelib tushgan.
4-sektor hududida istiqomat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 669 ta murojaatlar kelib tushgan. Sektor hududidagi mahallalardan Avazali MFYdan 82 ta, Zarafshon MFYdan 79 ta, Miyonqol MFYdan 89 ta, Istiqlol MFYdan 56 ta, Temirak MFYdan 51 ta, Primkent MFYdan 49 ta, Navro'z MFYdan 56 ta,Uzunqishloq MFYdan 52 ta hamda Uchtepa MFYdan 35 ta murojaatlar kelib tushgan. 
Tuman aholisi tomonidan asosan, pensiya ta'minoti va ijtimoiy himoya, sud qarorlarini ijro etish, aliment va qarz undirish, elektr energiyasi, gaz ta'minoti, bandlik, davolash va tibbiy xizmat ko'rsatish, uy-joy ta'miri hamda huquqni muhofaza qilish xodimlari faoliyati kabi masalalari ko'tarilgan.
Misol uchun: O'zbekiston Respublikasi Preziden-tining Oqdaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga Zarafshon MFYda yashovchi Z.Jo'rayev, A.Norqulovlar, Sug'onchi MFYda yashovchi O.Ikramov, Saidvaliyeva Xolposhsho, Oytamg'ali MFYda yashovchi fuqarolar G'ofurova Ma'mura, Jabborova Dilafruz, Jurayev Baxtiyorlar, Yangiqishloq MFYda yashovchi To'raqulova Oydin hamda Miyonqol MFYda yashovchi Haydarova Munisalar bir necha yillardan buyon xonadonlariga yangi maishiy gaz ballon ololmay sarson bo'lishayotgani to'g'risida qilgan murojaatlari tuman Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratiga olinib, ushbu xonadon vakillari yangi maishiy gaz ballonlari bilan ta'minlandi.
Bundan  tashqari, Istiqlol MFY Ravot qishlog'ida yashovchi, tumandagi 56-o'rta maktabida boshlang'ich sinf o'qituvchisi bo'lib ishlab kelayotgan 19.09.1972-yilda tug'ilgan fuqaro Maxmudova Feruza Xolbekovnaning maktab direktori ishdan asossiz ravishda sinf rahbarligidan bo'shatmoqchi ekanligi masalasida Xalq qabul-xonasiga qilgan murojaati shu kunni o'zida ijobiy hal etilib, fuqaro Maxmudova Feruza Xolbekovnaning  56-maktabda sinf rahbariligi saqlanib qolindi.
Shuningdek, Oqdaryo tuman Sug'onchi MFY O'radin qishlog'ida yashovchi 29.09.1977-yilda tug'ilgan kasanachilik bilan shug'ullanib pilla mahsulotlarini yetishtirib kelayotgan fuqaro Uzoqova Dildora Mustafoyevnaning "Oqdaryo ipagi" MCHJdan topshirgan pilla pullarini ololmasdan sarson bo'lib yurganligi masalasidagi murojaati, Xalq qabulxonasi aralashuvi bilan shu kunni o'zida ijobiy hal etilib, 2.100.000 so'm pilla pullari undirib berildi. 
Shuningdek, fuqaro Uzoqova Dildora Musta-foyevnaning sog'ligini tiklashda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati ham shu kunni o'zida hal etilib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilishi ta'minlandi.
Aliment qarzdorliklarini ham undirish bo'yicha tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan bo'lib, MIB Oqdaryo tumani bo'limi bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, qarzdor Ikromov Jahongir Axrorqul o'g'li sud buyrug'iga asosan, 1 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun undiruvchi Eshmonova Mohigul Mashrab qizi foydasiga aliment to'lashi belgilangan bo'lsada, qarzdor J.Ikromov undiruvchi M.Eshmonovaning foydasiga moddiy ta'minoti uchun 2021-yil avgust oyidan 2023-yil avgust oyiga qadar jami 19.475.971 so'm miqdordagi aliment va moddiy ta'minot pulla-rini to'lashdan bo'yin tovlab kelgan. Huquqbuzar Ikromov Jahongir Axrorqul o'g'lidan jabrlanuvchi Eshmonova Mohigul Mashrab qizi foydasiga 19.475.971 so'm miqdordagi moddiy zarar tegishli tartibda undirilishi ta'minlandi. 
Joriy yilning 2023-yil 1-yanvardan 01.08.2023-yilga qadar 7 oy davomida tumandagi 4 ta sektorlar rahbarlari reja grafigiga asosan 120 marotoba sayyor qabul o'tkazish rejalashtirilgan bo'lib, amalda 117 marotaba ommaviy sayyor qabullar o'tkazilgan. Ularda 1843 ta fuqarolar qatnashgan. O'tkazilgan qabullarda 892 ta murojaatchilardan 907 turdagi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Shundan 25 ta murojaatga asosli tushuntirish berilgan, 623 tasi ijobiy hal etilgan, 232 ta murojaatlarga huquqiy ma'lumot va tushuntirish berilgan, 27 ta murojaatlar o'rganish jarayonida.
Qabulxonaga kelayotgan har bir murojaat doimo e'tiborimizda. O'zbekiston Respublikasi Prezi-dentining Oqdaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan amaldagi yilning 7 oyi davomida o'tkazilgan monitoringlar natijasida tuman davlat organlari va tashkilotlariga murojaatlar bilan ishlashda yo'l qo'yilgan kamchiliklar va boshqa masalalar yuzasidan 27 marotaba taklif kiritilgan. 22 marotaba taqdimnoma va 4 marotaba tuman Xalq deputatlari Kengashiga axborot kiritilgan. 
Kiritilgan taqdimnoma, taklif va axborotnomalarda keltirilgan kamchiliklar yuzasidan 36 nafar xodimga qonuniy chora ko'rildi. Shundan 28 nafariga ogohlantirish, 1 nafari lavozimidan ozod etilib, 7 nafariga ma'muriy jazo choralari qo'llanildi.
Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan murojaatlarni o'rganish dalolatnomalari ham soxtalashtirilgan holda, fuqaro ishtirok etmasa ham fuqaroni imzosini soxtalashtirib, mahalla raislari bilan birgalikda, yolg'on ma'lumot va hujjatlar bilan javob xati qilib yopib yuborish holatlari ko'payib bormoqda. Mahalla raislari bunday holatlarga jim qarab turishini qanday tushunish mumkin. Natijada fuqarolarda tashkilotlarga hamda rahbarlarga nisbatan ishonchsizlik ortib bormoqda.
Jumladan, Oqdaryo tumani Oytamg'ali MFY Pilol qishlog'ida yashovchi 01.12.1986-yilda tug'ilgan fuqaro Qurbonov Bahodir Elmurodovichning O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga Ishonch telefoni orqali qilgan 117732/23-sonli murojaati Oytamg'ali MFY raisi Z.Muhammadiyev hamda hokim yordamchisi Yo.Temirovlarni imzosi bilan tuzilgan, muhrlangan va imzolangan dalolatnomada fuqaro Qurbonov Bahodirni imzosini soxtalashtirib, imzosi qo'yib yuborilgan. Afsuski, ushbu yozuv va imzolar fuqaro B.Qurbonovga umuman tegishli emasligi ma'lum bo'ldi. 
Oqdaryo tuman Elektr tarmoqlari korxonasiga tuman miqiyosida kelib tushgan murojaatlarning 295 tasi kelib tushgan bo'lib, biroq kelib tushgan murojaatlarning qanoatlantirish darajasi eng pastligicha qolmoqda. Ya'ni 57 tasi - 19 foizi qanoatlantirilgan.
Murojaatlar bilan va iste'molchilar bilan ishlash tizimli yo'lga qo'yilmagan.
Jumladan, Oqdaryo tumani Zarafshon MFY Yangiravot qishlog'ida yashovchi 15.07.1996-yilda tug'ilgan fuqaro Rizoqulov Sirojiddinga nisbatan tuman ETK tomonidan asossiz ravishda 2 milliard 949 million so'm asossiz qarzdorlik hisoblanib, telefon raqamiga sms orqali yuborilganligi ma'lum bo'ldi.
Achinarli holatlardan yana biri ma'lum bo'ldiki, ATB Agrobank Oqdaryo tumani filiali xodimi o'z vakolatidan foydalanib, xizmat vazifasini suiiste'mol qilib, Oqdaryo tumani Zarafshon MFY Mop qishlog'ida yashovchi 18.10.1983-yil tug'ilgan fuqaro (AV 4136980) Saparov Ulug'bek Norbekovichning roziligisiz, ogohlantirmasdan va o'ziga ma'lum qilmasdan fuqaro U.Saparovning nomiga kredit rasmiylashtirib yuborgan. O'zi qabriston qorovuli bo'lib ishlasada, o'zini xabari bo'lmagan, o'zi olmagan, ATB Agrobank Loyish filialining mansabdor xodimlarini manfaatlari yo'lida ishlatilib, o'zlashtirib yuborilgan kredit pullari uchun fuqaro U.Saparov oylik maoshidan kredit pullarini to'lab kelmoqda. 
A.IGAMBERDIYЕV,
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oqdaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri.