DOLZARB 15 KUNLIK DAVOM ETMOQDA

O'zbekiston Respublikasining "O'simliklar karantini to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq, respublikaning fitosanitar xavfsizligini ta'minlash, zararkunandalarning bir hududdan ikkinchi hududga tarqalishining oldini olish, ularga qarshi ommaviy kurash ishlarini tashkillashtirish va hududlardagi zararkunanda hamda kasalliklarni aniqlash bilan birgalikda nazorat qilish maqsadida, O'simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan 2024-yilning 25-yanvaridan 23-fevraliga qadar "Dolzarb o'n besh kunlik" tadbiri e'lon qilindi. Ushbu tadbir doirasida Oqdaryo tuman O'simliklar karantini va himoyasi bo'limi tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu galgi topshiriq rejasiga asosan asosiy e'tibor sitrus va pomidor ekinlarining ashaddiy zararkunandasi bo'lgan "Sitrus oqqanoti", "Sitrus inli kuyasi", "Pomidor kuyasi" kabi zararkunandalarga hamda "Pomidorning jigarrang bujmayish virusi"ni aniqlash, nazorat qilish hamda ularga qarshi keng qamrovli kurash ishlari olib borilmoqda.
Sh. Kamolov,
J. Umarov,
tuman O'simliklar karantini va himoyasi
bo'limi Fitosanitar nazorati davlat inspektorlari.
Мавзуга оид:

AJAL OG"USI
- 10 окт, 14:14

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

BINOLARNING YONG’INGA CHIDAMLILIGI
- 21 июн, 13:21