“Davlatimiz bayrog’I – iftixorimiz timsoli”

O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  bayrog’i  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  kengashining  navbatdan  tashqari  o’tkazilgan  VII  sessiyasida  1991-yil  18-noyabr  kuni  tasdiqlangan.  Davlat  bayrog’i  va  unung    ramzi  bugungi  O’zbekiston  sarhadida  qadimgi  mavjud  bo’lgan   davlatlar  bilan  tarixan  bog’liqligini  anglatadi.
Davlatdagi  moviy  rang  tinchlik  aks  etgan, mangu  osmon  va  obi  hayot  ramzidir. Timsollar  tilida  bu  yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat  va  sadoqatni  bildiradi. Binobarin,  Amir  Temur  davlati  bayrog’ining  ramzi  ham  moviy  rangda  edi.
Bayroqdagi  oq  rang  muqaddas  tinchlik  ramzi  bo’lib  u  poklik, soflik  orzu  hayollar  tozaligi  ichki  go’zallikka  intilish  timsolidir.
Yashil  rang  tabiatning  yangilanish  ramzi,  ko’pgina  xalqlarda  navqironlik  umid  va  shodmonlik  timsoli  hisoblanadi.
Qizil  chiziqlar  har  bir  tirik  jon  tomiridagi  urib  turgan  hayotiy  kuch,  vujudimizdagi  jo’shib  oqayotgan  hayotiy  qudrat  irmoqlaridir.
Yarim  oy  tasviri  bizning  xalqimiz  uchun  ilohiy  tumsol  musulmonligimiz  ramzi. O’zbekiston  Respublikasi  davlat  bayrog’idagi  12 ta  yulduz  tasviri  ham  ko’p  asrlik  an’analarimiz  qadimgi  quyosh   yilnomamizga  bevosita  aloqadordir.
Ushbu  sana  munosabati  bilan respublikamizning  barcha  muassasalarida  katta  bayram  tadbirlari  ko’tarinki  ruhda  nishonlandi. Shu  jumladan  tumanimizning  5-umumta’lim  maktabida  ham  O’zbekiston  Respublikasi  Bayrogi  qabul  qilinganligining  34  yilligiga  bag’ishlab “Davlatimiz  bayrog’I – iftixorimiz  timsoli”  mavzusida  katta  tadbir  tashkil  etildi.
 Tadbirni  maktab  direktori  N.O’roqov  ochib  berdi va davlatimiz ramzi bo’lgan bayrog’imizga hurmat va sadoqatli bo’lish har bir o’g’il-qizlarimizning muqaddas burchi ekanligini ta’kidlab o’tdi.
Tadbirda  maktab  o’quvchilari  tomonidan ijro etilgan  she’rlar,  sahna  ko’rinishlari, qiziqarli  kuy-qo’shiqlar  maktab  o’quvchilarida  katta  taassurot  qoldirdi.
Xurshida Fayziyeva,
5-maktab  tarix  fani  o’qituvchisi.