Yurtimizda 2025-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha “Yongʻindan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligida faol ishtirok eting!

Sodir bo‘lishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarni oldini olish va oldimizda turgan kuz-qish mavsumida xavfsizlikni taʼminlash, insonlar hayotini asrash maqsadida yurtimizda 2025-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha “Yongʻindan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi joriy etildi.
Oylikning asosiy maqsadi:
- Har bir mahalladagi yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylarda “xonadon bay” profilaktik ishlarini tashkil etish;
- Talabalar yotoqxonalari, moslashtirilgan binolar, ijaraga olingan hovli uylar, kvartiralar va xostellarda yongʻin, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va is gazidan zaharlanish hodisalarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni olib borish;
- Qarovchisi yoʻq, yolgʻiz yashovchi qariyalar va nogironlar, ruhiy kasalliklar dispanserlarida roʻyxatda turuvchi fuqarolar istiqomat qiladigan turar-joylarda daxldor soha vakillari bilan isitish mavsumida foydalaniladigan isitish uskunalari, dudburonlari, maishiy gaz, elektr jihozlarini koʻrikdan oʻtkazish va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish hamda ushbu toifadagi fuqarolarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq va tushuntirishlar berish;
- Ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlari ishchi-xodimlari, shuningdek, mahallalarda aholi bilan yongʻinlarning oldini olish va sodir boʻlganda toʻgʻri harakat qilish koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan yoʻl-yoʻriq va mashgʻulotlar oʻtkazish;
- Tunda insonlar qoladigan maskanlar (mehribonlik, saxovat va muruvvat uylari, shifoxonalar) hamda qurilish-taʼmirlash obyektlaridagi ishchilar uchun tashkil etilgan vaqtinchalik yotoq joylarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, is gazidan zaharlanish hodisalarining oldini olishga qaratilgan tungi profilaktik tadbirlarni oʻtkazish.
Hurmatli fuqarolar! Sizlardan quyidagilarni amalga oshirishingiz so‘raladi:
- Uyda va xonadonda gaz, elektr va isitish jihozlaridan yong‘in xavfsizligi qoidalari asosida foydalanish;
- Dudburonlar, shamollatish tizimlari va isitish moslamalarini mavsum boshlanishidan oldin tekshirib ko‘rish va tozalash;
- Gaz va elektr jihozlarini nosoz holatda ishlatmaslik;
- Bolalarga kattalar nazoratisiz elektr va gaz jihozlaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik hamda ularni nazoratsiz qoldirmaslik;
- Yongʻin yoki favqulodda vaziyatlarni sezgan zahoti darhol 101 yoki 112 qisqa raqamlariga qoʻngʻiroq qilish.
- Har bir mahallada “xonadon bay” tushuntirish ishlari olib boriladi;
- Talabalar, ishchilar va mahalla aholisi uchun yoʻl-yoʻriqlar va suhbatlar oʻtkaziladi;
- Televideniye, radio, internet va Telegram maxsus kanali orqali chiqishlar va tavsiyalar berib boriladi.
Bu tadbirlar sizning hayotingiz va yaqinlaringizning xavfsizligi uchun tashkil etilmoqda. Sizdan faollik, hamkorlik va yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni so‘rab qolamiz.
Shuni unutmang: Xavfsizlik – har birimizning qoʻlimizda!
I. A. Namazov
Oqdaryo tuman FVB boshlig‘i, mayor
Мавзуга оид:

E’TIBORSIZLIK VA BEPARVOLIK NATIJASI
- 22 сен, 14:47

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

BINOLARNING YONG’INGA CHIDAMLILIGI
- 21 июн, 13:21

TUMAN AHOLISIGA МUROJAATNOMA
- 02 дек, 14:56

Mutaxassis ogohlantiradi
- 27 окт, 11:57