KONSTITUTSIYADA MEHNAT QILISH KAFOLATLARI

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 42-moddasida "Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to'lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo'lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta'minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.

Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo'shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi".

Mehnat kodeksida har bir shaxsning mehnat qilish huquqi kafolatlari batafsil tartibga solingan. 

"Aholi bandligi to'g'risida"gi qonunda aholini ish bilan ta'minlash, ishsizlikdan himoya qilish, ishsizlik nafaqasi to'lash tartibi belgilangan.

Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatga olingan birinchi kundan e'tiboran hisoblanadi va to'lanadi.

Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko'pi bilan 26 kalendar hafta davomida to'lanadi.

Insonning munosib yashashi deganda, insonning yashash xarajatlarini (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, kommunal, transport, aloqa va boshqa) qoplash, shuningdek  ta'lim olish, sog'liqni saqlash, dam olish va boshqa ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo'lishi tushuniladi.

Homilador yoki bolasi bor ayollarning ishga joylashish huquqi konstitusiyaviy kafolat sifatida belgilangan.

J.Xolnazarov,

tuman adliya bo'limi yuridik 

xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti.