NOTARIAT TIZIMIDAGI YANGI ISLOHOTLAR

O'zbekiston Respublikasida Notariat tizimida ko'plab o'zgartirishlar hamda yangi islohotlar amalga oshirilmoqda. Notariat tizimini tubdan isloh qilish bo'yicha ko'plab Notariat to'g`risidagi qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda. Shu bilan birga jiddiy o'zgarishlar ham amalga oshirilmoqda. Shu bois davlatimiz rahbarining 2019-yil 9-sentyabrdagi PF-5816-sonli "O'zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to'g`risida''gi Farmoni qabul qilindi. 
Farmon asosida 2020-yil 1-yanvardan davlat notarial idoralari bosqichma-bosqich nodavlat notarial idoralar etib qayta tashkil qilish xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notariuslar faoliyatini yo'lga qo'yilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu asosida notariuslarni birlashtiruvchi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona tuzilma sufatida O'zbekiston Notariat palatasi tashkil etildi. Uning huquq va majburiyatlari, unga a`zo bo'lgan notariat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish tizimi yo'lga qo'yildi. Mamlakatimizda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar o'z navbatida nazarda tutilgan maqsad vazifalarga erishishda asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda. Shu asosida notariuslarni birlashtiruvchi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona tuzilma sufatida O'zbekiston Notariat palatasi tashkil etildi. Uning huquq va majburiyatlari, unga a`zo bo'lgan notariat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish tizimi yo'lga qo'yildi. 
Davlat Notariuslari endi qayd etish lozimki, zarur miqdorda xususiy idoralar shakllan-maguncha faoliyatini davom ettiradi. Xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notariuslarning tashkil qilinishi birinchidan tizimda sog`lom raqobat muhitini paydo qilib, notarial harakatlarni rasmiylashtirish vaqti deyarli uch barobar tezlashishiga olib keldi. Yangi tizimga o'tilayotgani davlat notarial idoralari faoliyatini tashkil etish bilan bog`liq davlat resurslari tejalishini ta`minlaydi. Qolaversa, endi notariuslarning sodir etgan qilmishlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazgan zararlari uchun davlat javobgar bo'lmaydi. Xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notarius noqonuniy harakati natijasida yetkazilgan zararni to'liq qoplashi, buning uchun notariusning javobgarligi majburiy sug`urtalanishi ham eng muhim o'zgarishlardan biri hisoblanadi. Xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notariuslarning faoliyati ham monitoring qilib boriladigan bo'ldi. Bunday nazoratni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda adliya boshqarmalari amalga oshiradi. Ularning odob-axloq qoidalari va kasb majburiyatlariga rioya etishi ustidan nazorat Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Shuningdek, notariuslar huzurida ''kurier'', ya`ni hujjat tashuvchi xodim lavozimi joriy etildi. Ular fuqarolar o'rniga turli tashkilotlardan kerakli hujjatlarni to'plab olib kelish vazifasini bajaradi. Bunda fuqarolarning davlat idora va tashkilotlariga borib, turli ovoragarchilik va vaqt yo'qotish evaziga hujjat to'plash holatlariga barham berildi. Nota-riat tizimida mavjud muammolarni bartaraf etish va notariat tizimini zamon talablariga mos keladigan sohaga aylantirish maqsadida Adliya vazirligi huzurida notariat sohasida yagona amaliyotni shakllantirish bo'yicha Ekspertlik komissiyasi tashkil etildi. Ekspertlik komissiyasi tarkibiga jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatuvchi 7 nafar a`zodan iborat bo'lib, uning tarkibiga huquq sohasidagi yetakchi mutaxassis-olimlar, tajribali notariuslar va Adliya vazirligining mas`ul hodimlari kiritildi. Komissiyaga notarial harakatlarni amalga oshirishda joylardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni qonuniy hal qilish sohada bir xil amaliyotni ta`minlash, qonun hujjatlaridagi huquqiy nuqsonlarni, korrupsiyaga, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga, fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilishga, ularni turli xil ovora-sarson qilishga yo'l qo'ymaslik vazifasi bo'yicha takliflar ishlab chiqish yuklatildi. 
Bundan tashqari, komissiyaga notarial harakatlarni bajarish uchun taqdim qilinadigan hujjat turlarini tubdan qisqartirish, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish maqsadida notarial harakatlarni bajarish uchun zarur bo'lgan barcha hujjatlarni elektron tizim orqali olish hamda qonunchilikda notarial tasdiqlash majburiy talab qilinadigan bitim va hujjatlarning turlarini qisqartirishning qonuniy yo'llarini izlab topish vazifalari topshirildi. 
2020-yil 1-yanvardan Notariuslar funksiyalari doirasi kengaytirildi;
"Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgacha bo'lgan jarayonda dalillarni ta`minlash (guvohlarni so'roq qilish, yozma va ashyoviy dalillarni ko'zdan kechirish va guvohlantirish, ekspertiza tayinlash, internet tarmog`idagi dalillarni ta`minlash).
"Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, shu jumladan mulkiy va meros masalalarida mediator vazifalarini bajarish.
"Yaratilgan mualliflik va turdosh huquq ob'yektining taqdim etilgan vaqtini tasdiqlashi. Hukumat qarori (464-son, 27.07.2021 y.) bilan Notariat to'g`risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish va moni-toring qilish tartibi belgilandi. Mazkur qaror loyihasi bilan quyidagilar belgilandi:
"Nazorat tadbirlari o'tkazishning tashkiliy asoslari belgilab beriladi: Notariuslar faoliyatida rejali tekshirish, qisqa muddatli tekshirish va kamerali tekshirish o'tkazish tartibi belgilandi:
"Notariuslar faoliyatini monitoring qilish talab va shartlari, ularni amalga oshirish tartibi nazarda tutiladi: Bu qaror bilan quyidagi tekshirishlar orqali amalga oshiriladi:
"Rejali tekshirish - adliya organlari tomonidan tasdiqlangan yillik (chorak) ish rejasiga kiritilgan va har uch yilda bir marta o'tkaziladigan nazorat shakli:
"Qisqa muddatli tekshirish - notariuslar faoliyati adliya organi tomonidan reyd (har yili kamida bir marta), "sirli mijoz" hamda xizmat tekshiruvi tarzida amalga oshiriladigan nazorat shakli:
"Kamerali tekshirish - adliya organlari tomonidan o'zi joylashgan manzil bo'yicha notariuslarning notarial harakatlarni rasmiy-lashtirishda qonunchilikka rioya etilishini "Notarius" avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi ma`lumotlar hamda adliya organida mavjud bo'lgan boshqa hujjatlarni o'rganish, tahlil qilish va umumlashtirish orqali amalga oshiriladigan nazorat shakli. Shu bilan birga Notarius ish faoliyatini dastlabki tekshirish u ish boshlaganidan bir yil o'tgandan so'ng amalga oshiriladigan bo'ldi. Rejali tekshirish muddati bir notarius faoliyatini o'rganish uchun 5 ish kunidan oshmasligi shart. Reyd tadbiri adliya organi rahbarining buyrug'iga asosan amalga oshirilib, uni o'tkazish muddati 1 ish kuni etib belgilanadi. "Sirli mijoz" tadbiri quyidagi hollarda o'tkaziladi:
"notarial harakatlarning sifati va tezkorligi adliya organida shubha uyg'otganda, ushbu sohada huquqbuzarliklar sodir etilayotganligi haqidagi ma'lumotlarga aniqlik kiritish zarurati tug'ilganda;
"huquqiy xizmat ko'rsatish jarayonidan noroziligi haqidagi murojaatlar kelib tushganda. "Sirli mijoz" tadbirini o'tkazish uchun 1 ish kuni, davomli notarial harakatlar uchun - ushbu harakatning oxirgi kuniga qadar muddat belgilanadi.
Kameral tekshirish adliya organi rahbarining buyrug'i asosida amalga oshiriladi va u muntazam ravishda o'tkaziladi.
Barcha turdagi tekshirish natijasi bo'yicha tegishli ma'lumotnoma tuziladi. Loyiha qabul qilinishi bilan notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notariat to'g`risidagi qonun hujjatlariga, notarial harakatlar maxfiyligiga va notarius qasamyodiga rioya qilinishi yuzasidan tekshirishlar o'tkazish hamda ular faoliyatida onlayn tarzda monitoring o'tkazish bilan bog`liq munosabatlar huquqiy tartibga solinishi qayd etilgan. Ushbu loyihaning qulayliklari notarial xizmatlarni qonuniy asosda, qulay tarzda ko'rsatilishini ta`minlaydi. Mamlakatimizda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar o'z navbatida nazarda tutilgan maqsad vazifalarga erishishda asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Notariat sohasida amalga oshirilayotgan barcha o'zgarishlar fuqarolarimizga yanada qulayliklar yaratish, davlat idoralari tomonidan ularga ko'rsa-tilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, ortiqcha ovoragarchiliklar va sarsongarchiliklarga, korrupsion harakatlarga barham berish, qo'shimcha mablag` sarflanishi holatlarini oldini olish, bir so'z bilan aytganda, xalqimiz turmush tarzini yengillashtirishga qaratilgan desak, mubolag`a bo'lmaydi.
Asilbek Yusufbekov,
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi prokurori.
ShahbozMamatqulov,
tuman prokuraturasi tergovchisi, 
2-darajali yurist.