Davlat xizmatlari markazlarining afzalliklari

Davlat xizmatlari agentligi - bu fuqarolarga davlat xizmatlarini taqdim etish, ularni samarali va tezkor amalga oshirishga yo'naltiradigan tashkilotdir. O'zbekiston Respublikasida Davlat xizmatlari agentligi (DXA) 2018-yilda tashkil etilgan bo'lib, uning asosiy maqsadi - davlat xizmatlarini elektron shaklda va bir tashkilot orqali taqdim etishdir. 

Davlat xizmatlari agentligi bir nechta asosiy vazifalarni bajaradi:

*Elektron xizmatlar: Fuqarolar va tashkilotlarga xizmatlarni tez va qulay tarzda olish imkoniyatini yaratish. 

*Bir oyna prinsipining tatbiqi: Agentlik o'zining filiallari va mijozlarga xizmat ko'rsatuvchi markazlari orqali barcha zarur xizmatlarni bir joyda taqdim etadi. Bu tizim fuqarolar uchun xizmatlardan foydalanishni olishni osonlashtiradi.

*Shaffoflik va monitoring: Agentlik xizmat-larning sifati va samaradorligini oshirish uchun turli monitoring tizimlari va so'rovnomalar orqali xizmatlarni nazorat qiladi.

*Tashkilotlar bilan hamkorlik: Davlat xizmatlari agentligi boshqa davlat organlari va xususiy sektorlari bilan hamkorlik qilgan holda, fuqarolarga kerakli xizmatlarni birlashtiradi va ularni taqdim etishda muvofiqlikni ta'minlaydi.


J.JO'RAQULOV,

tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimi.