Yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi

Bobur mahallasida joylashgan 28-maktab yangi qurilgan bo'lsada, xonalar yetishmasligi o'quvchilar uchun ham, o'qituvchilar uchun ham noqulay sharoit kasb etib kelgan.

Tuman hokimligi tashabbusi va mahalla ahlining birdamligi natijasida tashabbusli byudjet loyihasi asosida maktab uchun yangi 180 o'rinli qo'shimcha yangi maktab binosi barpo etildi.

7-oktabr kuni 2025-yil "Open budjet" loyihasining 1-mavsumida g'olib bo'lib, 1 milliard 289 million so'm mablag' hisobiga qad rostlagan mazkur bino foydalanishga topshirildi. 

Ta'lim sohasi mas'ullari, nuroniylar va faollar ishtirok etayotgan tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Sh.Qudratov so'zga chiqib, barchani yangi maktab binosi ishga tushishi munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Ishtirokchilar zamonaviy jihozlangan yangi binoda o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqdalar.


***

Shuningdek, Amir Temur mahallasida joylashgan 23-umumta'lim maktabida 2025-yil "Open budjet" loyihasining 1-mavsumida g'olib bo'lib, joriy ta'mirlangan maktab binosini foydalanishga topshirilishi munosabati     bilan tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. 

Tadbirda Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov hamda mahalla faollari ishtirok etib, yaratilayotgan ushbu zamonaviy o'quv binosi o'quvchi yoshlarning munosib shart-sharoitlarda ta'lim-tarbiya olishi yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin dalili ekanligini ta'kidlashdi. 

Ishtirokchilar zamonaviy jihozlangan yangi binoda o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqdalar.


***

Shu kuni Arpaariq mahallasida joylashgan 54-umumta'lim maktabida  2025-yil "Open budjet" loyihasining 1-mavsumida g'olib bo'lib, 1 milliard 424 million so'm mablag' hisobiga joriy ta'mirlangan maktab binosini foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. 

Tadbirda Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov hamda mahalla faollari ishtirok etib, yaratilayotgan ushbu zamonaviy o'quv binolari o'quvchi yoshlarning munosib shart-sharoitlarda ta'lim-tarbiya olishi yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin dalili ekanligini ta'kidlashdi. 

Ishtirokchilar zamonaviy jihozlangan yangi binoda o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.