OQDARYODA II USTOZLAR MILLIY FORUMI TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI

30-аvgust  kuni  Oqdaryo tuman   32-umumta'lim maktabida “Sifatli ta’lim – kuchli jamiyat”  bosh gʻoyasi asosida o‘tkazilayotgan “II Ustozlar milliy forumi”ning  tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman hokimi Sh.Qudratov, hokim oʻrinbosari S.Luqmonov hamda tuman maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari   ishtirok etishdi.

Forumda tuman hokimi hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi boshlig’i   soʻzga chiqib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligi, mavjud kamchiliklar tahlil qilindi  va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi. Tadbir so‘ngida oʻquv yili davomida samarali mehnat qilib, soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh ta’lim tizimi xodimlari hokimlik tomonidan   tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.