Referendumga tayyorgarlik qizg'in

30-mart kuni erta tongdan "Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o'zimizniki!" shiori ostida tuman hokimligi, tuman IIB, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman XTB, tashkilot va muassasalar bilan birgalikda "Sog'lom hayot uchun 5 ming qadam" piyoda yurish marafoni o'tkazildi.  

Uch mingga yaqin xodimlar va yoshlarni birlashtirgan mazkur yurish marafoni erta tong soat 8:00 da M-37 magistral yo'lining Loyish shaharchasiga kirish qismidan boshlandi hamda markaziy Amir Temur ko'chasi bo'ylab bayramona kayfiyatda davom etdi. 

"INSON QADRI   ULUG'LANGAN YURT"

Shuningdek, tuman markaziy Istirohat bog'ida mehnat jamoalari va yoshlar ishtirokida "Inson qadri ulug'langan yurt" degan ezgu g'oya ostida Yangi O'zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati yuzasidan targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida so'zga chiqqanlar Konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o'rni, unga kiritilayotgan yangi qo'shimchalar va o'zgarishlar xalqimizning turmush tarzi farovonligiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini ta'kidlab, barchani 30-aprel kuni bo'lib o'tadigan muhim siyosiy jarayonda faol ishtirok etishga chorladilar.

TARG'IBOT TADBIRI O'TKAZILDI

29-mart kuni  tuman Tibbiyot birlashmasining ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasida   "Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o'zimizniki!" shiori ostida targ'ibot tadbiri o'tkazildi. 

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari D.Qurbonova, J.Berdiqulov, tuman Adliya bo'limi mutaxassisi Sh.Nosirov, Samarqand viloyat Tibbiyot universiteti dotsenti O.Berdiqulovlar hamda 276 nafar tibbiyot xodimlari  ishtirok etishdi. Tadbir qiziqarli savol-javob va muhim ma'lumotlarga boy bo'ldi.

SIYOSIY-BADIIY FESTIVAL BO'LIB O'TDI

Pichoqchi mahallasidagi 30-umumta'lim maktabida 29-mart kuni Referendum oldidan "Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o'zimizniki!" nomli siyosiy-badiiy festival bo'lib o'tdi. Festival doirasida Davlatimiz qomusidagi bir qancha o'zgarishlar va imkoniyatlar haqida o'z fikr-mulohazalari bilan tuman hokimi Sherzod Qudratov, Oqdaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktab direktori Nusrat Sulaymonov, tuman Yoshlar ishlari agentligi boshlig'i Ma'rufxon Musayevlar so'zga chiqishdi.

Tadbirda bilimli yoshlar o'rtasida savol-javob viktorinalari o'tkazilib, faol yoshlar munosib taqdirlanishdi. Tadbir madaniyat bo'limi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar ostida raqslar bilan bayramona davom etdi.

MA'NAVIY-MA'RIFIY BAYRAM TADBIRI 

Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur mahallasida "Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o'zimizniki!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbirlari bo'lib o'tdi.

Tadbirda uyushgan va uyushmagan yoshlar, faollar, nuroniylar va turli kasb egalaridan iborat keng jamoatchilik ishtirok etdilar.

Targ'ibot tadbirida so'zga chiqqan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi boshlig'i M.Musayev, tuman Kengashi deputati A.Majidov hamda turli  soha vakillari Konstitutsiyaga kiritilayotgan     o'zgartirishlarning mazmun-mohiyati xususida     so'z yuritdilar.

Tuman madaniyat bo'limi san'atkorlari tomonidan esa sho'x kuy-qo'shiqlar  ijro etildi.

KENG JAMOATCHILIK VAKILLARI ISHTIROK ETISHDI

30-mart kuni Go'zalkent mahallasida "Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o'zimizniki!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari bo'lib o'tdi.

Tadbirda nuroniylar, soha fidoiylari, mehnat faxriylari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Samarqand Tibbiyot Universiteti assistenti Arzu Mamedov hamda tuman Kengashi deputati Charos Ortiqovalar Bosh qomusimizga kiritilayotgan o'zgartishlarning mazmun-mohiyati, har bir soha rivojiga doir muhim jihatlar xususida so'z yuritishdi. Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo'lida qo'lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning huquqiy poydevori - kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligi ta'kid-landi.

Ko'tarinki kayfiyatda o'tgan tadbir kuy-qo'shiqlar hamohang-ligidagi raqslarga ulanib ketdi.

Bunday tadbirlar tumanimizdagi boshqa mahallalarda ham uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

 O'QUV-SEMINAR TRENINGI

29-mart kuni Oqdaryo pedagogika kollejida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo'yicha referendum o'tkazishga doir tuman uchastka komissiyalari raisi, rais o'rinbosari va kotibligiga nomzodlarni o'qitish bo'yicha navbatdagi o'quv-seminar treninglar o'tkazildi. Seminar jarayonida tuman hokimi Sh.Qudratov, Toshkent davlat yuridik instituti professori Sh.Ro'zinazarov hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etib, mazkur seminardan ko'zlangan maqsad va vazifalar haqida tushuncha berib o'tishdi. 

Seminar-treninglarda biriktirilgan trenerlar tomonidan ishtirokchilarga referendumga tegishli bo'lgan huquqiy bilim va ko'nikmalar berilmoqda. 


Tuman hokimligi axborot xizmati.