Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaro e’tibor markazimizda

Ma’lumki yurtimizda fuqarolarga barcha turdagi davlat xizmatlari  ko‘rsatib kelinmoqda ekan, ushbu davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizmni oldini olish, eskirgan, zamon talabiga javob bermaydigan tartib –tamoyillarni qisqartirish, ularni ortiqcha sarson qilmaslik kabi tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

Bunga misol qilib davlat organlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 73 turdagi ma’lumot va hujjatlar talab qilish bekor qilinganligini aytish mumkin.

Bu yo‘lda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2022 yildagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-113-sonli farmonida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasida bu borada qilish kerak bo‘lgan barcha vazifa va   ishlar juda mukammal ko‘rsatib berilgan. 

Mazkur Farmon ijrosiga ko‘ra, FHDYO sohasida ham aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, FHDYO sohasini ish yuritishida qog‘ozsiz  sohaga aylantirish asosiy maqsad qilingan bo‘lib, hozirgi kunda fuqarolarning tug‘ilganlik, nikoh,  nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi ma’lumotlarini olishda davlat organlari o‘zaro so‘rov asosida “Elektron hukumat” tizimi idoralararo itegratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa fuqarolarni idorama-idora xat ko‘tarib yurishini, ortiqcha vaqt sarflashini, ortiqcha qog‘ozbozlikni oldini olmoqda. 

Kelajakda ham bu kabi aholiga qulay va yengil sharoitlar yaratish uchun ushbu Farmon ayni muddao bo‘ldi deb ayta olamiz.


Saydullayeva Manzura Narzullayevna 

Oqdaryo tuman FHDYO 

bo‘limi mudirasi