Mutaxassislar maslahati DEFOLIATSIYA - MUHIM AGROTEXNIK TADBIR
Paxta hosilini sifatli yig'ib-terib olishda g'o'za defoliatsiyasi muhim agrotad-birlardan biridir. Defoliatsiya to'g'ri o'tkazilganda barglarning to'liq to'kilishi ta'minlanibgina qolmasdan, g'o'zadagi bo'liq ko'saklar 10-15 kun erta pishib yetiladi, birinchi terim salmog'i 15-20 foizga oshib, yuqori sifatli xom-ashyo hajmi ko'payadi. Shu qatorda defoliant g'o'za kasalliklari va zararkunandalariga, ayniqsa, qora shira tushgan maydonlarga samarali ta'sir etadi. Mazkur agrotexnik tadbir qora shirani keltirib chiqaruvchi g'o'za bitlariga barham berib, ko'sak va tolaning chirishini keskin kamaytiradi.
Eng muhimi, defo-liatsiyaning o'z mudda-tida va sifatli o'tkazili- shi paxta terimining samarali o'tishini, ish unumini ta'minlaydi. Kuzgi boshoqli don ekinlarini sifatli ekib, erta undirib olishga qulay sharoit yaratadi. Aks holda, defoliatsiya sifatsiz o'tkazilgan yoki umuman o'tkazilmagandf g'o'za qator orasiga ekilgan kuzgi bug'doy to'liq unib chiqmaydi. Chunki tuproqqa quyosh nurlarining yetarli tushmasligi natijasida nihollar nimjon, sarg'imtir rangda bo'lib, o'z muddatida tuplamaydi, kasallikka tez chalinadi, binobarin daladan to'liq ko'chat olish imkoniyati boy beriladi.
G'o'za yetishtirishda defoliantlar muddatini belgilash bo'yicha tavsiyalar: Respublikaning turli hududlarida yetishtirilayotgan g'o'za navlarida defoliantlarni samarali qo'llash uchun har bir hududning tuproq-iqlim sharoitlarini, g'o'za navlarining biologik xususiyatlari va defoliantlarning kimyoviy xossalarini inobatga olgan holda defoliatsiya muddati va me'yorini to'g'ri belgilash maqsadga muvofiqdir.
Defoliatsiya muddati tuproq-iqlim sharoitlari, g'o'za navlarining biologik xususiyati va yetilganligiga qarab tanlanadi. Bunda g'o'za navlarining biologik xususiyatlariga alohida e'tibor berish lozim. Defoliatsiya samara-dorligiga g'o'za navlarining biologik yetilganligi ham sezilarli ta'sir ko'rsatadi. O'rta tolali g'o'za navlarida 45-50% ko'saklar ochilganda o'simlik biologik yetilgan hisoblanadi va defoliatsiyani shunday paytda o'tkazish yuqori samara beradi.
Erta muddatlarda ekib parvarishlangan g'o'zalarda defoliatsiyani 60-65% ko'saklar ochilganda o'tkazish lozim. Malakali dehqonlar tili bilan aytganda, g'o'za yuqori yarusdagi ikkinchi ko'sagi pichoq bilan kesilganda chigiti qoraygan bo'lsa, defoliatsiyani boshlash mumkin. Defoliatsiyani samarali o'tkazish uchun g'o'za navlarining biologik xususiyati, havo harorati va defoliantlar turini inobatga olib tavsiya etilayotgan defoliantlarni mazkur tartibda qo'llash tavsiya etiladi.
J. Umarov,
Sh. Kamolov,
B. Ishniyozov,
tuman O'simliklar karantini va himoyasi bo'limi fitosanitar
nazorati davlat inspektorlari.
QISH MAVSUMIDA G'ALLANI OZIQLANTIRISH VA PARVARISHLASH
- 15 фев, 13:12
Har bir murojaat ortida inson borligini unutmaylik
- 11 авг, 10:34
Har bir murojaat ortida inson borligini unutmaylik
- 11 авг, 10:34