Xalqimiz salomatligini muhofaza qilish - bosh maqsadimiz
Tuman sog'liqni saqlash bo'limi bugungi kunda tumandagi 182207 nafar aholiga xizmat qilmoqda. D-Med dasturiga 176854 nafar aholi biriktilgan. Birlashmada 235 nafar oliy ma'lumotli, 853 nafar o'rta tibbiy xodimlar xalqimizga xizmat ko'rsatib kelmoqda.Oliy toifali shifokorlar 48 nafarni, 1-toifali shifokorlar 54 nafarni, 2-toifali shifokorlar 39 nafarni tashkil etadi.
2026-yil 8 oyi davomida 7 nafar shifokorlar xorijda, 54 nafar shifokor respublika miqyosida malaka oshirib, tegishli sertifikatlarga ega bo'ldi. Shifokor shtatlari 2025-yilda 233 tani tashkil qilgan bo'lsa, yangi tizimda 83,75 taga ko'payib, 316,75 shtat birligi mavjud. Yil boshidan buyon 24 ta shtat birligi oliy ma'lumotli shifokorlar ishga qabul qilindi. Bugungi kunda 5,0 shtat birligida vakansiya o'rinlari saqlanib qolmoqda.
Sog'liqni saqlash bo'limida 315 ta stasionar o'rinlari mavjud. O'tgan yilda o'rinlar soni 295 tani tashkil etgan. Ushbu muassasalarda 2025-yilda 13879 nafar bemorlar davolanib chiqqan bo'lsa, 2026-yil 9 oyi davomida 12069 nafar bemor davolandi.
O'tgan yili bo'limda 1245 ta jarrohlik amaliyotlari o'tkazilgan bo'lib, tor sohadagi shifokorlar qabul qilinishi hisobiga 9 oy davomida 1442 ta jarrohlik amaliyotlari o'tkazilishiga erishildi. Yuqori texnologik operatsiyalar o'tkazilganlar soni 12 tadan 34 taga oshirildi. Kunduzgi stasionarda davolanish imkoniyati 68 o'rindan 152 o'ringa oshirilishi hisobiga ushbu o'rinlarda 5436 nafar bemorga malakali tibbiy xizmat ko'rsatildi.
O'tgan 2025-yil davomida oilaviy poliklinikalarga 242038 nafar fuqarolar murojaat qilgan bo'lsa, 2026-yilning 8 oyida 280933 nafar fuqarolar qatnovi amalga oshirilgan. Aholini skriningdan o'tkazish bo'yicha yil davomida 43421 nafar fuqarolarni o'tkazish rejalashtirilgan bo'lib, 9 oy davomida 38215 nafari yoki 88 foiz aholini o'tkazishga erishildi. Yil yakuniga qadar rejaga nisbatan 103,0 foiz aholi skriningdan o'tkaziladi.
VAQF-1 xayriya fondi mablag'lari hisobidan 38 nafar bemorlar, VAQF-2 dasturi buyicha 40 nafar bemorlar davo muolajalarini qabul qildi.
Inklyuziv ta'limga muhtoj 164 nafar bolalar tor soha mutaxassislari tomonidan chuqur-lashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o'tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi. Tibbiyot sohasini aqamlashtirish maqsadida tibbiyot xodimlaridan 925 nafari kompyuter savodxonligi bo'yicha o'qitildi.
Tumanning 35 ta mahallasida 83 ta tibbiy brigada shakllantirilgan bo'lib, tibbiy briga-dalarning faoliyat ko'rsatishi uchun shifokor oldi ko'rik xonasi (amaliyotchi hamshira ish o'rni) va OSH xonalari tashkil etildi. Tuman aholisining muayyan kasalliklar bo'yicha davriy tibbiy skrining tekshiruvlaridan o'tkazish, sog'lom turmush tarzini shakllantirishda mahalla hamda aholi xonadonlari darajasigacha qamrab olish, jismoniy faollikni oshirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan Stressga qarshi kurash bo'yicha 2442 nafar, tuz va shakarni cheklash bo'yicha 2016 nafar, tamakisiz kun bo'yicha 2403 nafar, sog'lom ovqatlanish kuni bo'yicha 2113 nafar, piyoda yurish kuni bo'yicha 22 421 nafar, salomatlik kuni bo'yicha 2506 nafar aholi targ'ibot va suhbat jarayonlarida hamda tadbirlarida qatnashdi.
Hozirgi kunda tuman shifoxonasida yangi olingan "Laporoskopik stoyka" yordamida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti 2025-yilning 9 oyi davomida 296 dan ziyod ya'ni (sigmasimon ichak rezeksiyasi, anastomoz, laparoskopik xolesistoektomiya, fleboyektomiya, jigar exinokkok ektomiyasi) viloyat shifoxonalariga bormasdan o'tkazilmoqda.
2026-yilning bugungi kunigacha 18-40 yoshli 48492 nafar aholi orasida skrining tekshiruvlari o'tkazildi. Birlamchi aniqlangan kasalliklar 503 nafarni, shundan to'liq sog'lomlashtirilganlar 28410 nafar, 10016 nafari esa ambulator sharoitda, 18641 nafari statsionar sharoitda sog'lomlashtirildi. 40 yoshdan yuqori aholi o'rtasida YUQT (yurak-qon tomir tizimi) kasalliklarini aniqlash maqsadida o'tkazilgan skrining natijasiga ko'ra, tibbiy ko'rikdan o'tkazilganlar 44600 nafar, shundan, 72 ta birlamchi kasallik aniqlanib, ambulator sharoitda sog'lomlashtirildi. Onkoskrining xonalarida 35-55 yoshgacha bo'lgan 20036 nafar ayollardan, ko'krak bezi saratoni skriningidan o'tkazilganlar 4016 nafar, shundan 52 ta kasallikka gumon qilinganlar onkoskrining xonasida mutaxassis bilan birgalikda ko'rilib, sog'lomlashtirish rejasi tuzildi. 45-65 yoshgacha bo'lgan ayollar o'rtasida bachadon bo'yni saratonini erta aniqlash maqsadida skrining tekshiruvidan 5106 ta ayol o'tkazildi, 42 ta kasallikka gumon qilinganlar onkoskrining xonasi onkolog shifokori orqali sog'lomlashtirish rejasi tuzildi.
40 yoshdan oshgan aholi 46009 nafar fuqaro o'rtasida endokrin kasalliklarga 5036 nafari tekshirildi. Ko'rik natijasida birlamchi kasallikka gumon qilinganlar 132 ta aniqlanib, endokrinolog ko'rigiga yuborildi va "D" nazoratiga olindi. 40 yoshdan oshgan aholi o'rtasida kardiologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida jami 24223 nafar aholi skrining tekshiruvidan o'tkazildi. Shundan 242 ta birlamchi kasallik aniqlanib, "D" nazoratga olindi.
Yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ishlar:
1. Tibbiyot oliygohlari bilan hamkorlikda vakant o'rinlar 100 foizga to'ldiriladi.
2. Oilvaiy poliklinikalarga 6 ta Rentgen diagnostika hamda 4 ta zamonaviy UTT apparatlari olib kelinadi.
3. Markaziy shifoxonaga davolanish uchun kelgan bemorlarga sharoit yaratish maqsadida to'liq foydalanishga topshiriladi.
4. Markaziy laboratoriya jihozlarini to'liq yangisiga almashtirish.
5. 5 ta Oilaviy polklinikani to'liq ta'mirlab foydalanishga topshiriladi.
Tozagul XOLIQOVA,
tuman sog'liqni saqlash bo'limi boshlig'i.
Мавзуга оид:








