OQDARYODA SAYLOV JARAYONI UYUSHQOQLIK BILAN O'TKAZILDI


27-oktabr - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni. Mamlakatimizning barcha joylarida bo'lgani singari Oqdaryo tumanida ham ertalab soat 8:00 da  tuman hududidagi barcha saylov uchastkalarida saylov jarayonlari ko'tarinki ruhda boshlandi.

Erta tongdan tumandoshlarimiz mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligi, Vatanimiz taraqqiyoti, uning porloq istiqboli uchun ovoz berishga saylov uchastkalariga tashrif etishdi.

Mamlakatimizda boshlangan muhim siyosiy jarayonlar tumanimizda ham ko'tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan boshlandi. Saylov jarayonida ishtirok etib, o'zi munosib topgan nomzodga ovoz berish har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqi hisoblanadi. Tumandagi 14-sonli bolalar musiqa maktabida joylashgan 571-saylov uchastkasida Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Asatovich Qudratov  O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etdi.

Tumandagi 23-maktabda joylashgan 603-saylov uchastkasida 1725 nafar saylovchi ro'yxatga olingan bo'lib, ularning 35 nafari birinchi ovoz beradigan yoshlarni tashkil etadi. Muddatidan oldin 165 nafar saylovchi ovoz bergan.

10-saylov okrugiga qarashli 571-saylov uchastkasida ham saylov jarayonlari qizg'in tarzda boshlandi. Ovoz berish jarayonlari endigina boshlanganiga qaramasdan yurtdoshlarimiz o'zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishni faollik bilan boshlab yuborishdi. 

611-saylov uchastkasida ham saylov jarayoni uyushqoqlik bilan tashkil etilgan. Saylovchilarning ovoz berishlari uchun barcha shart-sharoitlarning yaratib berilganligi ham ularning kayfiyatini ko'tarmoqda.

24-maktabda joylashgan 574-saylov uchastkasida jami 1872 nafar saylovchi bo'lib, muddatidan oldin 184 nafar saylovchi ovoz bergan. Shu paytga qadar 431 nafar saylovchi ovoz berganligi ma'lum bo'ldi. Saylovchilar ayni paytda ham ovoz berish uchun saylov uchastkasiga tashrif buyurishmoqda.

Yangiqo'rg'ondagi 605-saylov uchastkasida jami 2421 nafar saylovchi bo'lib, muddatidan oldin 238 nafar,  shu kuni soat 10.00 ga qadar ovoz berganlar 1219 nafarni tashkil qildi. Ayni paytda ham say-lovchilar ovoz berish uchun saylov uchastkasiga tashrif buyurishmoqda. 

9-maktabda joylashgan 583-saylov uchastkasida jami 2543 nafar saylovchi bo'lib, muddatidan oldin 248 nafar saylovchi ovoz bergan. Shu paytga qadar 1535 nafar saylovchi ovoz bergan. Ushbu saylov uchastkasida Asilbek Abdusalomov o'z saylov huquqidan foydalanib, birinchi marotaba ovoz berayotganligini hayajon bilan ta'kidladi.

Zahiriddin Muhammad Bobur mahallasidagi 610-saylov uchastkasida 821 nafar saylovchilar ro'yxatga olingan. Ularning 27 nafari nogironligi bo'lgan shaxslar, 15 nafar fuqaro saylov uchastkasiga kelish imkoniyati bo'lmagani sababli yashab turgan joyida ovoz berishdi. Uchastka a'zolari va ijtimoiy xodim tomonidan ushbu fuqarolar xonadonlariga borib, sayyor quti orqali ovoz berish ishlari olib borildi.

Loyish mahallasida yashovchi 95 yoshli otaxon - Xoliq bobo Eshonqulov hududdagi 611-saylov uchastka-siga qizi bilan kelib, muhim siyosiy jarayonda ishtirok etdi. 

Sug'on-chi MFY-dagi OSHP-da joylash-gan 609- Saylov uchastkasi-da   hamda tumandagi 592-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari qizg'in davom etdi.

Darhaqiqat, saylovda ishtirok etayotgan fuqarolarimizning  kayfiyatlari ko'tarinki. Ular saylov jarayonida ishtirok etish va o'zlari tanlagan nomzod uchun ovoz berishga saylov uchastkalariga kelishmoqda. Bu holat, albatta, mamlakatimizda demokratik jarayonlarga bo'lgan ishonchni ko'rsatadi. 

Tuman hududidagi 606-saylov uchastkasida ham saylov jarayonlari ko'tarinki ruhda boshlandi. Ayni vaqtda tumandoshlarimiz saylov uchastkalarida mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligi, Vatanimiz taraqqiyoti, uning porloq istiqboli uchun ovoz berishmoqda. Mazkur saylov uchastkasi komissiya a'zolari tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli bo'lgan shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar huzuriga borib, sayyor saylov tashkil etishdi. Bemorlar uchun shifoxonalarda yetarli shart-sharoitlarning yaratib berilganligi ham ularning kayfiyatini ko'tarmoqda.

Shu kuni nikoh to'yi bo'layotgan yosh kelin-kuyov Dilshod Nurmonov va Ruxshona Nusratova Loyish mahallasidagi 611-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonlarida ishtirok etishdi.

Xalqaro kuzatuvchilar - shvetsiyalik Bjorn Nordin va fransiyalik Isabelle Tourancheau Bobur mahallasidagi 610-saylov uchastkasida bo'lib, saylov jarayonlari shaffofligini o'rganishdi.

Bir so'z bilan aytganda, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi jarayonlari tumanimizdagi barcha saylov uchastkalarida uyushqoqlik va ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Tumanimiz xalqi ona Vatanimiz tinchligi, yurtimiz ravnaqi, farzandlarimiz kelajagi uchun o'zlari tanlagan munosib nomzodlarga ovoz berdilar.

  O'z muxbirimiz.