FINLANDIYA TA'LIM TIZIMIDAGI HAMJIHATLIK

Ta'limda fin modeli: O'zbekistonlik pedagoglar Finlandiya davlatining Jyvaskyla shahrida bo'lishib, ta'lim tizimi, tajribasini o'rganib qaytishdi.
Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi Nordic training malaka oshirish markazi va Samarqand viloyati hokimiyati, Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida viloyatning barcha tumanlaridan 26 nafar yetakchi pedagog Finlandiyaning Jyva'skyla' shahrida amaliy-o'quv tashrifida bo'ldilar. Delegatsiya tarkibida oqdaryolik o'qituvchilardan men - 56-maktabning oily toifali boshlang'ich sinf o'qituvchisi Sarvinoz Shayimova, 32-maktabning oliy toifali boshlang'ich sinf o'qituvchisi Nodira Rahimovalar ham bor эdi.
Xorijda malaka oshirishdan maqsad Finlandiya ta'lim tajribasini o'rganish va samarali usullarni amalyotga tadbiq etishdan iborat эdi. Finlandiya davlatida mehmonlarni shirinliklar bilan iliq kutib olishdi. Delegatsiya tarkibida 5 nafar ingliz tili fanidan malakali pedagoglar tarjimonlik qildi. Pedagoglar belgilandan dastur asosida malaka oshirishdi. Finlandiya tarixi, iqtisodi, ta'lim tizimi, maktab-boqcha hamkorligi hamda pedagoglarni o'qitish tizimi bilan tajribali professor o'qituvchilar o'quv mashg'ulotlari olib borishdi.
Biz -o'zbekistonlik pedgoglar Finlandiya ta'lim tajribasining o'ziga xos tomonlarini qiziqish bilan o'rgandik. Delegatsiyada asosan boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari bo'lganligi sababli, ushbu soha faoliyatini qiziqish bilan o'rgandik. Finlandiyada maktab 6-avgustdan boshlanib, iyun oyigacha davom etishi va o'quv yilida ta'tillar ham reja asosida belgilanganligi aytildi. Finlandiyada boshlang'ich ta'lim 6 yildan iborat bo'lib, u 1-6-sinflarni qamrab oladi.
Ta'lim jarayonida magistr darajasiga ega malakali mutaxassis o'qituvchilar faoliyat yuritadi. Bu tizim o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta'lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.Biz tashrif buyurgan maktab ikkita muassasasa bir binoga birlashtirib "maktab-bog'cha" bitta ta'lim muassasa sifatida ta'lim tarbiya jarayonini olib borishiga guvoh bo'ldik. JYVASKYLA shahri Markaziy Finlandiyada joylashgan, aholisi taxminan 140 ming kishi. Shahar Finlandiyaning ikkinchi yirik ko'li Paijanne bo'yida joylashgan "Fin Afinasi", ko'plab maktablar, gimnaziyalar va o'rta maxsus o'quv yurtlari, universitet, politexnika institute bor. Jyvaskylada fin tilida ta'lim boshlandi. Ikkita kundosh muassasasi va bitta maktab bitta "kundosh-maktab"ga birlashtirilgan. Binoning loyihalanishi va qurilishi to'rt yil davom etgan bo'lib, xodimlar ham binoning loyihalash jarayonida, jumladan bo'shliq yechimlari va mebel tanlashda ishtirok etishgan. Bino taxminan 7000 kvadrat metr may-donga ega bo'lib, qurilish qiymati 22 million yevroni tashkil etgan. Ovqatlanish xizmati "Kylan Kattaus" tomonidan taqdim etiladi. Binoda shuningdek, Kor-tepohja jamoat kutub-xonasi joylashgan. Kech-qurunlarda binoda pianino chalish, kantele (milliy cholg'umiz) chalish, qo'shiq aytish va voleybol o'ynash kabi mashg'ulotlar o'tkaziladi.
MAKTAB HOZIRGI HOLATDA:
* 0-6 yoshli 187 nafar bolalar erta bolalik ta'limida.
* 7-12 yoshli 350 nafar bolalar boshlang'ich ta'limda o'qiydi.
* Binoda taxminan 90 nafar kattalar (o'qituv-chilar, yordamchilar, maslahatchilar) ishlaydi.
* Maktab hamshirasi haftada to'rt kun, kurator haftada uch kun ishlaydi. Psixolog binoda haftada ikki kun bo'ladi. Maktab vrachi bu erga oyiga bir marta keladi.
Bog'cha tarbiyalanuvchilari ertalab soat 6:30 dan kechki soat 17:00 gacha (agar kerak bo'lsa, 18:00 gacha) erta bolalik ta'limi va parvarish mavjud. Parvarish uchun to'lov olinadi. To'lovni belgilashda oilaning daromadi hisobga olinadi. Maktab o'quvchilari kunlik soat 8:30 dan 14:30 gacha o'qiydilar. O'qitish va o'quv materiallari (kitoblar, ruchkalar va boshqalar) bepul. Tushdan keyin 1- va 2-sinf o'quvchilari maktabdan keyingi mashg'ulotlarda qatnashishlari mumkin. Bolalar bog'chasi (9 oydan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar) tayyorgarlik guruhi (6 yoshdan 7 yoshgacha), ko'pincha bog'chada tashkil etiladi. Boshlang'ich maktab (1-6-sinflar). 7 yoshdan boshlab o'qishni boshlaydilar.
Ko'pchilik darslarni bitta o'qituvchi olib boradi.
* O'rta maktab (7-9-sinflar)
* fan o'qituvchilari
* har bir sinfga kurator ya'ni sinf rahbar tayinlanadi
* fakultativ kurslarni tanlash imkoniyatiga ega.
FINLANDIYADA TA'LIMNING O'ZIGA XOSLIGI
Quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Ishonch, hamkorlik, tenglik, o'quvchi markazda, stressiz ta'lim.
Boshlang'ich ta'limda bolaga yo'naltirilgan yondashuv asosiy o'rinni egallaydi. O'qitish jarayonida o'yin, ijodkorlik, mustaqil fikrlash va jamoada ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratiladi. Baholash tizimi asosan formativ baholashga asoslangan bo'lib, o'quvchilarning rivojlanishi raqamli baholardan ko'ra tavsifiy mulohazalar orqali kuzatiladi. Zarur hollarda summativ baholash ham qo'llaniladi. Shuningdek, ko'pchilik darslarni bitta o'qituvchi olib boradi. Finlandiya maktablarida asosiy o'qituvchi bilan bir qatorda yordamchi (assistent) o'qituvchilar faoliyat yuritadi. Ular o'quvchilarga individual yordam ko'rsatish, inklyuziv ta'limni qo'llab-quvvatlash va dars jarayonini samarali tashkil etishda muhim rol o'ynaydi. Maktabgacha ta'lim muassasalari bilan maktablar o'rtasidagi uzviy hamkorlik esa bolalarning maktab hayotiga moslashuvini yengillashtiradi. Bundan tashqari maktab ta'limi ota-onaning aralashuvi yo'q. Ota-onalarda o'qituvchiga bo'lgan hurmat va ishonch yuqori. O'qituvchilar faoliyatini qo'llab-quvvat-laydi hamda maktab va oila hamkorligi maxsus platformalar orqali olib boriladi.
Xulosa qilib aytganda ta'lim tizimidagi hamjihatlik, hamkorlik bolaning ta'lim tarbiyasini yanada mustahkamlaydi.
Sarvinoz Shayimova,
56-maktabning boshlang'ich
ta'lim o'qituvchisi.







