Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi qabul qilindi

2022-yil 28-oktabr kuni Prezidentimiz tomonidan "O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to'g'risida"gi O'RQ-798-sonli qonuni imzolandi. Kodeks 2022-yil mart oyida senatorlar tomonidan ma'qullangan edi. O'shanda senatorlar 1995-yilda qabul qilingan amaldagi Mehnat kodeksi tahriri zamonaviy voqelikka mos kelmasligini ta'kidlagandi.
Yangi tahrirda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bog'liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy prinsiplari etib mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg'ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash, mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash, mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik, mehnat huquqlari ta'minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo'l qo'yilmasligi kabilar belgilandi.
Xususan, mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo'lgan o'z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg'ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi.
Shuningdek, davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo'yicha qo'shimcha kafolatlarni ta'minlaydi.
Jumladan, bu toifaga:
- 14 yoshga to'lmagan bolalari, nogironligi bo'lgan bolalari bor yolg'iz ota-ona, shuningdek ko'p bolali oilalardagi ota-onalar;
- umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablari va kollejlari hamda texnikumlarini tamomlab, kasbga ega bo'lgan yoshlar;
- "Mehribonlik" uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy ta'lim tashkilotlarining davlat grantlari bo'yicha ta'lim olgan bitiruvchilari;
- Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati qo'shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilgan shaxslar;
- nogironligi bo'lgan shaxslar;
- pensiyaoldi yoshidagi shaxslar (qonunda belgilangan pensiya yoshiga qadar ikki yil oldin);
- jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar yoki sudning qaroriga ko'ra o'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llanilgan shaxslar;
- odam savdosidan jabrlanganlar.
Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 6 oy o'tgach, ya`ni 2023-yil 30-aprel kuni kuchga kiradi. Qonun kuchga kirishi bilan uning avvalgi talqini o'z kuchini yo'qotadi.
Sh.RAHMATOV,
tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`i.
Мавзуга оид:

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

BIZ O'ZGARISHLAR DAVRIDA YASHAYAPMIZ
- 09 сен, 13:54

AHOLINI RO'YXATGA OLISH TARTIBI
- 18 ноя, 11:46