FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH

Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo'yicha Hukumat komissiyasi yig'ilishining 2022-yil 7-noyabrdagi 49- sonli bayoni qaror qismining 3-bandi asosida viloyat hududida joriy yilning 15- noyabridan 15-dekabriga qadar "Yong'in xavfsizligi oyligi"ni yuqori saviyada o'tkazish yuzasidan Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan muntazam ravishda mahallalar, maktablar, tashkilotlar, bozorlar va xonadonlarda, qolaversa   tumanda yangidan qurilayotgan ko'p kvartirali uylarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo'yicha suhbatlar, ko'rgazmali chiqishlar o'tkazib kelinmoqda. 
Xususan, 2021-yilning 19-dekabr kuni Loyish MFY, A.Temur ko'chasida joylashgan "Lazzat" oshxonasida maishiy gaz ballonidan noto'g'ri foydalanganligi uchun mashiy gaz ballon chaqnashi ro'y bergan va hodisa oqibatida fuqarolar turli darajada tan jarohatlari olishib, shifoxonaga yotqizilgan.
Kelgusida tuman hududida bunday salbiy hodisalar kelib chiqishini oldini olish maqsadida tumanimizdagi ko'p kvartirali uylarda profilaktik ishlar olib borilib, unda o'tkazilgan o'rganish davomida  maishiy gaz ballondan belgilanmagan tartibda foydalanilganligi, gaz gorelkalarini pechkaga solmasdan tashqarida ya'ni yashash uyi ichida foydalanganligi, shuningdek, fuqarolarimizning beparvoligi, e'tiborsizligi tufayli nosoz elektr uzatkichlar, gaz qurilmalaridan foydalanish, bolalarni qarovsiz qoldirish natijasida turli xil yong'inlar sodir bo'ladi.
Hurmatli fuqarolar, qo'lbola isitish pechlaridan, maishiy gaz ballonlardan, tabiiy gazdan, elektr pechlaridan belgilanmagan tartibda foydalanmang. O'zingiz va oilangiz sog'ligiga befarq bo'lmang. 
N.VOXIDOV,
tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi 
normativ texnik bo'linmasi boshlig'i, katta leytenant.