AHOLINI RO'YXATGA OLISH TARTIBI

Bu borada 2020-yilning 16-martida "Aholini ro'yxatga olish to'g'risida"gi O'RQ-611-son Qonuni imzolandi. Ushbu Qonunga ko'ra aholini ro'yxatga olish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respub-likasida aholini ro'yxatga olishni o'tkazishga ko'maklashish bo'yicha respublika komissiyasi, aholini ro'yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o'z vakolatlariga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan. Bunda aholining sog'lig'ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam ko'rsatish bo'yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi o'zgarishlarni baholashga doir ma'lumotlar bazasini kengaytirish, shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o'rta va qisqa muddatli prognozlari hamda dasturlarini tayyorlash, aholini ro'yxatga olishlar oralig'idagi davrda aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni o'tkazish aholini ro'yxatga olishning vazifalari etib belgilandi. Aholini ro'yxatga olishga yoshdan qat'iy nazar, mamlakatning barcha aholisi ishtirok etadi. Aholini ro'yxatga olishni o'tkazish vaqtida yashash joyi (turar joyi) bo'yicha o'zi bo'lmagan fuqarolar yoki voyaga yetmaganlarning ma'lumotlari uy xo'jaligining voyaga yetgan a'zosi tomonidan ma'lum qilinadi. Vasiylik va homiylikka olingan shaxslar bo'yicha ma'lumotlar ularning vasiylari yoki homiylari tomonidan ma'lum qilinadi. Ota-onalar yosh bolalar haqida ma'lumot beradilar. Aholini ro'yxatga olish ma'lumotlari "ijtimoiy himoya", "investitsiya", "uy-joy", "sog'liqni saqlash", "madaniyat", "turizm", "ta'lim", "yo'l qurilishi va infratuzilma" kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qiladi. Kelgusida aholini ro'yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish natijalarini baholash, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirish mumkin. Aholini ro'yxatga olish bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasi hisoblanadi. Hozirgi kungacha dunyoning ko'plab mamlakatlarida o'tkazildi. Mazkur tadbir butun dunyo aholisining umumiy, keng ko'lamli qiyofasi yaratilishiga xizmat qiladi.
O'zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish istagi zamonaviy iqtisodiyotning asosiy manbai - mamlakatning insoniy salohiyati haqida bilmasdin amalga oshirilmaydi albatta. Bizning vazifamiz mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali kuchliroq bo'lishdir. Buning uchun aholining tarkibi, uning iqtisodiy faolligi, ta'lim darajasi haqida aniq tasavvurga ega bo'lishimiz kerak. Misol uchun, mamlakatda qancha odam borligi haqida emas, balki migrantlar qaerdan va qaerga ketayotganligini, yosh va jins tarkibi kabi ko'plab ma'lumotlarni bilishimiz kerak.
A.Kuylanov,
tuman adliya bo'limi
bosh maslahatchisi.
Мавзуга оид:

YETIM BOLALARNING HUQUQLARI DAVLAT HIMOYASIDA
- 16 сен, 13:46

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00

21-oktabr O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
- 21 окт, 10:27