BIZ O'ZGARISHLAR DAVRIDA YASHAYAPMIZ

Bugungi kunda ta'lim sohasidagi islohotlar natijasida yangi o'quv yili uchun ko'plab o'zgarishlar bo'lishi uchun rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi metodik qo'llanmalar, yangi darsliklar, yangi multimediali ilovalar yaratilib amaliyotga tatbiq etilmoqda. Biz o'zgarishlar davrida yashamoqdamiz. O'qish va ona tili fanlarini birlashtirgan "Ona tili o'qish savodxonligi" hamda beshta fanni o'zida mujassam qilgan "Tabiiy fan" nomli fanlar maktab ta'limiga kiritildi. Bu yangi fanlar fanlararo integratsiy usulida o'qitiladi va amaldagi darslik va fandan farqli ularoq 50% nazariy, 50% amaliy yondashiladi. Amaldagi darsliklar esa 90% foiz nazariyaga asoslangan edi. Bunday ta'lim quyi sinf o'quvchilarda fandan zerikishga olib kelishi xalqaro tadqiqotlar natijasida aniqlangan. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 farmonda Yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljal-langan 7 bo'lim 100 maqsaddan iborat taraqqiyot strategiyasi belgilab berilgan. Ta'lim tizimini rivojlantiruvchi yana bir maqsadli ishlardan biri Milliy o'quv dasturini amaliyotga joriy etilganligi bo'ldi. Bunda Milliy o'quv dasturi jahon andozalariga mos ravishda puxta ishlab chiqilgan bo'lib quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi. Mavzular spiralsimon o'rganiladi, O'quvchi faoliyati natijalariga qo'yiladigan talablar sinflar kesimida  beriladi STEAM - fanlararo integratsiya ta'minlanganligi, O'qituvchi kitobida har bir mavzuni o'qitishda amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish imkonini beruvchi ilg'or metodlar beriladi. O'quv tadqiqotlarni o'tkazish uchun amaliy mashg'ulotlar va loyiha ishlariga alohida soatlar ajratildi, milliy baholash tizimi yaratiladi. 
Milliy o'quv dasturi asosida yangi avlod darsliklari ishlab chiqildi. Yangi avlod darsliklari o'quvchilarni hayotga tayyorlashda hamda jahon andozalariga mos bo'lib, o'quvchilarni PiSA,PIRLS, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarga tayyorlaydi. Yangi avlod darsliklarini tayyorlashda fanlararo intigratsitya ham kuzda tutilgan bo'lib, STREM yondashuvda muhim ahamiyatga egadir. 
Yangi o'quv yili uchun ona tili o'qish savodxonligi, Tabiiy fan kabi darsliklar amaliyotga joriy etildi. Bu yangi darsliklardan samarali foydalanish uchun o'qituvchi kitobi ham ishlab chiqilgan bo'lib, unda dars jarayonini rivojlantiruvchi metodlar ham o'rin olgan. Bizning maqsadimiz yurt ravnaqi uchun komil insonlarni voyaga yetkazishda aniq yo'ldan borishdir.
Joriy yilning 23-avgust kuni 45- IDUMda boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining "Ustozlar milliy forumi" sho'ba yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishni boshlang'ich ta'lim metodisti M.Ro'zimurodova ochib berdi. Milliy o'quv dasturini amaliyotga tatbiq etish bo'yicha yangi o'quv yilida amalga oshirish lozim bo'lgan ishlar yuzasidan tegishli   fikr va takliflar kiritildi. Yig'ilishda 45-IDUM o'qituvchilari N.Kamolova, D.Mirzayevalar yig'ilgan pedagoglarga fandagi yangi islohotlar haqida kerakli tavsiya va ma'lumotlarni berdi. 
Tadbir so'ngida trener o'qituvchilar, faol ishtirok etgan o'qituvchilar XTB tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Bugungi kunda ta'lim sohasidagi islohatlar natijasida yangi o'quv yili uchun ko'plab o'zgarishlar bo'lishi uchun rejali ishlar amalga oshirilmoqda.Yangi metodik qo'llanmalar, yangi darsliklar, yangi multimediali ilovalar yaratilib amaliyotga tatbiq etilmoqda. Biz o'zgarishlar davrida yashamoqdamiz. O'qish va ona tili fanlarini birlashtirgan "Ona tili o'qish savodxonligi" hamda beshta fanni o'zida mujassam qilgan "Tabiiy fan" nomli fanlar maktab ta'limiga kiritildi. Bu yangi fanlar fanlararo integratsiy usulida o'qitiladi va amaldagi darslik va fandan farqli ularoq 50% nazariy, 50% amaliy yondashiladi. Amaldagi darsliklar esa 90%  nazariyaga asoslangan edi. Bunday ta'lim quyi sinf o'quvchilarda fandan zerikishga olib kelishi xalqaro tadqiqotlar natijasida aniqlangan. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60  farmonda Yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljal-langan 7 bo'lim 100 maqsaddan iborat taraqqiyot strategiyasi belgilab berilgan. Ta'lim tizimini rivojlantiruvchi yana bir maqsadli ishlardan biri Milliy o'quv dasturini amaliyotga joriy etilganligi bo'ldi. Bunda Milliy o'quv dasturi jahon andozalariga mos ravishda puxta ishlab chiqilgan bo'lib quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi. Mavzular spiralsimon o'rganiladi, o'quvchi faoliyati natijalariga qo'yiladigan talablar sinflar kesimida  beriladi. STEAM - fanlararo integratsiya ta'minlanganligi, o'qituvchi kitobida har bir mavzuni o'qitishda amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish imkonini beruvchi ilg'or metodlar beriladi. O'quv tadqiqotlarni o'tkazish uchun amaliy mashg'ulotlar va loyiha ishlariga alohida soatlar ajratildi, milliy baholash tizimi yaratiladi. 
Milliy o'quv dasturi asosida yangi avlod darsliklari ishlab chiqildi. Yangi avlod darsliklari o'quvchilarni hayotga tayyorlashda hamda jahon andozalariga mos bo'lib, o'quvchilarni PiSA, PIRLS, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarga tayyorlaydi. Yangi avlod darsliklarini tayyorlashda fanlararo intigratsitya ham ko'zda tutilgan bo'lib, STREM yondashuvda muhim ahamiyatga egadir. 
Yangi o'quv yili uchun ona tili o'qish savodxonligi, Tabiiy fan kabi darsliklar amaliyotga joriy etildi. Bu yangi darsliklardan samarali foydalanish uchun o'qituvchi kitobi ham ishlab chiqilgan bo'lib, unda dars jarayonini rivojlantiruvchi metodlar ham o'rin olgan. Bizning maqsadimiz yurt ravnaqi uchun komil insonlarni voyaga yetkazishda aniq yo'ldan borishdir.
S.Shayimova,
 56-maktab boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi.