ADLIYA - TABIRKORGA MADADKOR

Adliya bo'limining aralashuvi bilan tadbirkorning huquqlari tiklandi.
Tadbirkor B.Yuldashev hamda Oqdaryo tuman Yoshlar ishlari agentligi o'rtasida 2022-yilda bir qancha shartnomalar tuzilgan bo'lib, unga ko'ra, tadbirkor jami 145.855.700 so'mlik ishlarni bajarib topshirgan, ammo unga ish haqi to'lanmagan. 
Tadbirkor o'rtada nizo kelib chiqqach, qonuniy manfaatlari ta'minlanishini so'rab Oqdaryo tuman adliya bo'limiga murojaat qildi. Bo'lim tomonidan tadbirkor manfaatini ko'zlab, Payariq tumanlararo Iqtisodiy sudiga da'vo ariza kiritildi. 
Sud O'zbekiston   Respublikasining  Iqtisodiy protsessual kodeksi 118, 176-180-moddalarini qo'llab, tadbirkor foydasiga 145.855.700 so'm undirish haqida hal qiluv qarori qabul qildi hamda tadbirkorga to'lab berilmagan 145.855.700 so'mlik bajarilgan ishlar qiymati undirib berilishi ta'minlandi.
D.Ashurov,
tuman adliya bo'limi boshlig'i.