Samarqandga “SPUTNIK V” vaksinasi keltirildi

Xabaringiz bormi?
Aprel oyidan boshlangan vaksinatsiya ayni kunlarda ham viloyat miqyosida davom ettirilmoqda. Shu paytga qadar belgilangan toifa aholi “Aztra Zeneca” hamda "ZF-UZ-VAC2001" vaksinasi bilan emlanayotgan edi. Yaqinda Samarqandga Rossiyada ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasi keltirildi.
 Zarnews.uz kanalining xabariga ko'ra: Samarqand shahridagi 4-son oilaviy poliklinikasida asosan 65 yoshdan yuqori aholi hamda tibbiyot xodimlari mazkur vaksina bilan emlanmoqda, - deydi Samarqand shahar sanitariya-epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi vrach-epidemiologi Nilufar Karimova. – Hozircha 900 doza keltirilgan "Sputnik V" vaksinasi bilan emlash faqat mazkur poliklinikada amalga oshirilmoqda va tumanlardan ham aholi zarurat tug‘ilganda shu yerga jo‘natiladi. Keyinroq talabga ko‘ra yana qo‘shimcha "Sputnik V" keltirilishi rejalashtirilgan.11 mayga qadar Samarqand shahrida emlanganlar soni 25 ming nafarni tashkil etadi. Shuningdek, aprel oyida vaksina olgan aholi uning ikkinchi bosqichidan ham o‘tmoqda.
Мавзуга оид: