"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi INSON MANFAATINI HIMOYA QILISH - OLIY QADRIYAT
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyuldagi 176-son qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning hududiy bo'linmalari, tuman va shaharlarda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tashkil etildi. Unga ko'ra, Oqdaryo tumanida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi ish faoliyatini boshlab, tumandagi mavjud 35 ta mahallaning 18 tasida kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodimlar o'z faoliyatini boshladi.
Markaz tomonidan bugungi kunda ijtimoiy himoyaga muhtoj 12 toifadagi fuqarolarga 101 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar ko'rsatib kelinmoqda. Tumanda 2024-yil 1-noyabrdagi holatiga nogironligi bo'lgan shaxslar 4 605 nafarni tashkil etadi. Shundan:
-18 yoshgacha nogironligi bo'lgan shaxslar 961 nafar;
-18 yoshdan katta nogironligi bo'lgan shaxslar 3 644 nafarni tashkil etadi.
2024-yil 1-noyabr holatiga "Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vosita"lariga muhtoj aholidan 774 nafar fuqarolar ta'minlandi.
Reabilitatsiya texnik vositalari jami: 694 RTV;
Protez-ortopediya moslamalari jami: 80 POM;
Shundan;
-Elektron yuritmali aravachaga muhtoj 12 nafar fuqaro;
-Kreslo aravachaga muhtoj 161 nafar fuqaro;
-Hassaga muhtoj 320 nafar fuqaro;
-Qo'ltiq tayoqqa muhtoj 173 nafar fuqaro;
-Eshitish mosla-masi analogga muhtoj 74 nafar fuqaro;
-Peshob qabul qilgichga muhtoj 8 nafar fuqaro markaz tomonidan ta'minlandi.
Protez-ortopediya moslamalari jami: 80 POM bo'lib, shundan;
-Murakkab ortopedik poyabzalga muhtoj 37 nafar fuqaro;
-Korsetlarga muhtoj 15 nafar fuqaro;
-Boldir proteziga muhtoj 25 nafar fuqaro;
-Yelka proteziga muhtoj 3 nafar fuqaro markaz tomonidan ta'minlandi.
Tumanda 10 oy davomida jami 313 nafar nogiron bo'lgan shaxslar reabilitatsiya qilindi. Shundan:
- Viloyat reabilitatsiya qilish markazida 44 nafar NBSH;
- Viloyat bolalarni reabilitatsiya qilish markazida 11 nafar NBB;
- Tuman tibbiyot birlashmalarida 188 nafar NBSH;
- Viloyat shifoxonalarida 13 nafar NBSH;
- Xususiy sektorda markaz va ijtimoiy xodimlar ko'magida 22 nafar NBSH;
- Sanatoriyalarda davolanish hisobiga 37 nafar nogironligi bo'lgan shaxslar reabilitatsiya qilindi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda xalq manfa-atlari va inson qadrini ulug'lash eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson qadrini ulug'lash va uning manfaatlarini himoya qilish esa bizning zimmamizdagi ustuvor vazifa hisoblanadi. Shunday ekan, tumanimiz xalqiga beminnat xizmat qilishdek ezgu maqsad yo'lida astoydil harakat qilaveramiz.
Navro'zxon IDRISXONOV,
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo'limi direktori.
Мавзуга оид:
XALQIMIZGA XIZMAT QILAYLIK!
- 29 фев, 13:39
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30