Unutilmas uchrashuv

Tadbirda maktabimiz o`quvchilari tomonidan ma`naviyatimiz ko`zgusi bo`lgan tarixiy shaxslar siymosi sahnada jonlantirildi, ular haqida ko`plab tarixiy ma`lumotlar berildi, ona vatanni madh etuvchi kuy-qo`shiqlar ijro etildi. Ayniqsa, "Yosh vatanparvarlar" guruhining chiqishi davraga o`zgacha jo`shqinlik bag`ishladi.
Tadbir ko`tarinki ruhda o`tkazildi. Ushbu tadbir davomida tarix-huquq fani o`qituvchilari o`rtasida tuman miqyosida o`tkazilgan "Zakovat" intellektual o`yinining final bosqichi g`oliblari hamda "Mening Prezidentim" tanlovida g`olib bo`lgan o`quvchilar xalq ta`limi kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar. "Mening Prezidentim" insholar tanlovining tuman bosqichida 1- o`rinni 30-maktabning 11-sinf o`quvchisi Shirinova Gulhayo, 2- o`rinni 8-maktabning 10-sinf o`quvchisi Zopirova Ozoda, 3-o`rinni 28-maktabning 10-sinf o`quvchisi Tursunmurodova Sevinch egallashdi. Shu bilan birgalikda 18 soatlik malaka oshirish kurslarini tugatgan o`qituvchilar ham Samarqand viloyati xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ijtimoiy fanlar kafedrasining mudiri G.Tagayev tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.
Tadbirda G.Tagayev bilan tumandagi umumta'lim maktablari taix-huquq fani o`qituvchilari o`rtasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi maktabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o`tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi 572-sonli qarori to`g`risida suhbat bo`lib o'tdi. Suhbat davomida o`qituvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Dekabr - tarbiya va tarix-huquq fanlari oyligi yakuni bo`yicha tashkil etilgan "Ta`rix ma`naviyat ko`zgusi" nomli festival kunning birinchi yarmida o`tkazilgan bo`lsa, kunning ikkinchi yarmida fan oyligi doirasida maktabimizning sobiq o`quvchilari - hozirgi paytda Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari Xurshid Ochilov, Samarqand Davlat Universiteti jahon tarixi kafedrasi mudiri, ikki karra Prezident stependianti sovrindori Shoxista Hamraqulova, Samarqand shahridagi 1-IDUM hamda Prezident maktabining tarix fani o`qituvchisi, Shuhrat medali sohibi Dilrabo O`rinovalar bilan motivatsion uchrashuv tashkil etildi.
Yuqorida nomlari qayd etilgan 8-umumta`lim maktabining sobiq o`quvchilari o`zlarining maktabda olgan bilimlari bilan oliy o`quv yurtlariga kirib, bugungi kunda jamiyatimizning turli jabhalarida faoliyat olib borayotganligi haqida ma`lumotlar berdilar. O`quvchilarga o`zlarining hayot yo`llarini tanlab olishida, o`z oldilariga aniq maqsad qo`yib ana shu maqsad sari olg`a borishi haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Oliy maqsadga erishish uchun esa a`lo baholarga o`qish, harakat qilish, tanlagan sohasining eng zo`r mutaxassisi bo`lishi kerakligini ta`kidlashdi.
Darhaqiqat, maktabimizning sobiq o`quvchilari bugungi kunda respublikamizning turli jabhalarida, turli sohalarda ona Vatanimiz ravnaqi uchun o`z hissalarini qo`shib kelayotganliklari nafaqat, biz o'qituvchilarga, balki ushbu maktabda ta'lim-tarbiya olayotgan o'quvchilarimizga ham faxr va g`urur baxsh etadi. Tadbir yakunida so`zga chiqqan tuman Xalq ta`limi bo`limi mudiri S. Ortiqova ham bu borada o`zining iliq fikrlarini bildirib o`tdi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, maktabimizda tashkil etilgan fan oyligi o`quvchi yoshlarimiz xotirasida muhrlanib qoladigan bo'ldi. Bu kabi motivatsion uchrashuvlar esa o`quvchilarimizni o`zlarining hayot yo`llarini tanlab olishlarida ruhiy dalda bo`ladi, degan umiddamiz.
Nodira ISLOMOVA,
8-maktab tarix fani o'qituvchisi.
Мавзуга оид: