MA'NAVIY XAVFSIZLIKNING MILLIY ONGIMIZGA TA'SIRI

Ma'naviyat bu insonning ruhiy va uning aqliy olamini ifodalovchi tushunchadir. 

Insonning tashqi va ichki olami mavjud, tashqi olam insonning tashqi ko'rinishi,

 kiyinish madaniyati, ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, orzu istaklari 

va his tuyg'ularidan iboratdir. 

Ma'naviy xavfsizlik nima? Hozirgi globallashgan davrda insonning dunyoqarashi 

hamda uning ongini zaharlovchi ko'pgina tahdid va xurujlar ko'paymoqda. Ommaviy 

madaniyat bu yevropacha madaniyatning kirib kelishi va uning xalqimiz ongiga ta'siri 

kuchayib borishidir. Aynan mamlakatimiz xavfsizligini ta'minlashda tashqi tahdidlardan 

himoyalanish hamda uning oldini olishga jiddiy e'tibor berishimiz kerak.

Jamiyatimizda ma'naviy xavfsizlikni ta'minlasak 

ijtimoiy-ma'naviy muhit hamda odamlar orasidagi sog'lom dunyoqarash, turli xildagi tahdidlarni 

oldini olgan bo'lamiz. Ma'naviy xavfsizlikni ta'minlasak birinchi galda jamiyatdagi amalga

 oshirilayotgan islohotlarni amalga oshishi, insonlarning turmush tarzi hamda farovonligi, 

shaxsning erkinligiva daxlsizligi ta'minlanadi.


Hozirgi kunda Yevropa madaniyatining kirib kelishi yoshlarimiz orasida uning

kuchayishi bu ma'naviy xavfsizligimizga hamda milliy madaniyatimizga juda 

katta salbiy ta'sirlarni vujudga keltiradi. Birinchi navbatda jamiyatimizni turli 

xildagi yomon illat va salbiy omillarni yo'qotishimiz kerak. Yoshlarimiz ongida 

hozirgi kunda boqimandalik, loqaydlik hamda befarqlik illatlari kuchayib 

bormoqda. Bu esa jamiyatni asta sekin tanazzulga olib kelishini anglatadi. 

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Keyingi yillarda Yer yuzida 

keskin geosiyosiy o'zgarishlar ro'y berdi, xalqaro miqyosida xavfsizlik va barqarorlik

 tizimi izdan chiqmoqda. Globallashuv jarayonining tobora shiddatli tus olishi nafaqat insoniyat imkoniyatlarini kengaytirmoqda, balki ziddiyatlarning keskinlashuvi, rivojlangan va qoloq davlatlar o'rtasidagi tafovutning o'sishiga olib kelmoqda. Buning oqibatida tinchlik va barqarorlikka rahna solayotgan, mohiyati va ko'lamiga ko'ra transmilliy xususiyatga ega turli xatti-harakatlar sodir etilmoqda". 

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, yoshlarimiz ongini turli xildagi yomon illat va xurujlardan saqlashimiz, to'g'ri tarbiyalab ularning keyingi hayotida o'z o'rnini topishidagi mashaqqatli  hayot yo'lida to'g'ri yo'l ko'rsatishimiz kerak. Ma'naviy xavfsizlik bu - milliy o'zligimizga, milliy mаdaniyatimizga salbiy ta'sir va yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Milliy, diniy qadriyatlarimiz, an'ana va mentalitetimizga salbiy ta'sir qiladigan har qanday yomon xuruj tahdidlardan himoyalanishimiz zarur.   

Abram Abduvaliyev,

 Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi

 tuman bo'linmasi bosh mutaxassisi.