Adliya xabarlari BOLAGA FAMILIYA, ISM VA OTA ISMI BERISH TARTIBI QANDAY?
Oilada farzand dunyoga kelar ekan tabiiyki ota-ona unga o'zlariga ma'qul bo'lgan ismni beradi. Har bir bola ism, ota ismi va familiya olish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining 20.10.2023-yildagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari"ning 23-bandiga ko'ra, bolaga ism ota-ona kelishuviga asosan berilsa, ota ismi - otaning ismiga ko'ra beriladi.
Bolaning familiyasi esa ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Agar ota-onaning familiyasi turli familiyalarda bo'lsa, ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi berilishi mumkin. Ota-onaning xohish-istagiga ko'ra, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an'analarga asosan boboning ismi bo'yicha familiya beriladi.
Ota-ona o'rtasida bolaning ismi yoki familiyasi yuzasidan kelishuv bo'lmaganda ushbu nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal qilinadi. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 70-moddasiga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi ota-onaning birgalikdagi arizalariga binoan bola o'n olti yoshga to'lguncha bola manfaatlaridan kelib chiqib uning ismini hamda familiyasini otasi yoki onasining familiyasiga qarab o'zgartirishi mumkin. Bunda o'n yoshga to'lgan bolaning ismini yoki familiyasini o'zgartish uning roziligi ko'ra yo'l qo'yiladi.
Manzura SAYDULLAYEVA,
tuman FHDYO bo'limi mudirasi.
AJAL OG"USI
- 10 окт, 14:14
NOTARIAT TIZIMIDAGI YANGI ISLOHOTLAR
- 14 июн, 11:29
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30
SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00