Nuqtai nazar HUJJATSIZ UY-JOYLARGA MULK HUQUQI QACHON E'TIROF ETILADI?

- Ota-bobomdan qolgan uy-joyda istiqomat qilaman, - deydi O'zbekiston mahallasida yashovchi sakson yoshli onaxon. - Yashash binolarimizning qurilganligiga ham qariyb yuz yilcha bo'lib qolgan. Hozirga qadar uy-joyimizni kadastr orqali hujjatlashtirishga ulgurmadik. Bir necha bor tumandagi kadastr idorasiga murojaat qildik. Ular bu borada Prezident Farmoni chiqarilgandan so'ng hujjatlashtirib berilishini aytishdi.
Bunday misollarni birgina Oqdaryo tumanida o'nlab, yuzlab keltirish mumkin. Agar mamlakatimizda ikki yuzdan ortiq tuman va o'nlab shaharlar mavjudligini hisobga oladigan bo'lsak Prezidentimizning bu boradagi Farmonini kutayotganlar soni qancha ekanligini tasavvur qilish qiyin emas. Shu o'rinda ayrim fikrlarni ham aytib o'tishimiz lozim. Ilgarilari O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi sifatida faoliyat ko'rsatgan davrda bu tashkilotda anchagina tajribali mutaxassislar faoliyat ko'rsatardi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak 2018-yilda Oqdaryo tuman kadastr bo'limida 47 nafar xodim faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, ayni paytda ularning soni 25 nafarni tashkil etayapti. Eng achinarlisi oliygohni endigina bitirib ishga kirgan yosh xodimlarni bo'shatishga to'g'ri kelayapti. Bu ham ishsizlikni keltirib chiqarmaydimi?
Xulosa qilib aytganda, Qoraqalpog'istondagi hujjatsiz uy-joylarga mulk huquqi e'tirof etilishi bo'yicha Prezidentimiz Farmoni chiqqan ekan, boshqa viloyatlar bo'yicha ham aniqrog'i Respublika bo'yicha aynan shu masalalarga oid tegishli hujjati e'lon qilinsa bundan xalqimiz behad mamnun bo'lardi.
Мавзуга оид:

QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

BINOLARNING YONG’INGA CHIDAMLILIGI
- 21 июн, 13:21