Chernobil AES halokatini bartaraf etish qatnashchilariga necha yoshdan pensiya tayinlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 apreldagi “Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida”gi 170-son Qaroriga asosan: 

 Chernobil AES halokatini bartaraf etish qatnashchilari umumiy belgilangan yoshdan 10 yil va 5 yil oldin yoshga doir pensiya chiqishlari mumkin.

  1. Umumiy belgilangan yoshdan 10 yil oldin yoshga doir pensiya olish xuquqi:

Erkaklar – 50 yoshga to‘lib, zararlangan hudud (1986-1987 yillar)da qancha

vaqt ishlaganidan qat'i nazar, kamida 20 yillik ish stajiga ega bo‘lsa;

         ayollar — 45 yoshga to‘lib, zararlangan hudud (1986-1987 yillar)da qancha vaqt ishlaganidan qat'i nazar, kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lsa belgilanadi.

Shuningdek, yoshga doir pensiyasiga qo‘shimcha ravishda yoshga doir eng kam pensiya miqdorining 30 foizi miqdorida ustama belgilanadi. Ya'niy, bu ustama hozirgi kunda 203100 so‘mni tashkil etadi.

Umumiy belgilangan yoshshdan 5 yil oldin yoshga doir pensiya olish xuquqi:

Erkaklar – 55 yoshga to‘lib, zararlangan hudud (1988 yil)da qancha vaqt ishlaganidan qat'i nazar, kamida 25 yillik ish stajiga ega bo‘lsa;    

         ayollar — 50 yoshga to‘lib, zararlangan hudud (1988 yil)da qancha vaqt ishlaganidan qat'i nazar, kamida 20 yillik ish stajiga ega bo‘lsa belgilanadi.

Shuningdek, yoshga doir pensiyasiga qo‘shimcha ravishda yoshga doir eng kam pensiya miqdorining 25 foizi miqdorida ustama belgilanadi. Ya'niy, bu ustama hozirgi kunda 169250 so‘mni tashkil etadi.


Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi 

Oqdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.                     A.Djuraqulov