Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qaroriga asosan nimalar o‘zgaradi?

Joriy yilning 1-may sanasidan boshlab maishiy iste’molchilar (aholi xonadonlari) uchun quyidagicha ijtimoiy (bazaviy) me’yorlar kiritiladi:
elektr energiyasi – oyiga 200 kWhʼgacha;
tabiiy gaz (mart–oktyabr oylarida) – oyiga 100 kub metrgacha;
tabiiy gaz (noyabr–fevral oylarida) – oyiga 500 kub metrgacha.
Elektr energiyasi uchun
— 200 kWh'gacha – 450 so‘m (hozirda 295 so‘m);
— 201 kWh'dan 1000 kWh'gacha – 900 so‘m;
— 1001 kWh'dan 5000 kWh'gacha – 1350 so‘m;
— 5001 kWh'dan 10 000 kWh'gacha – 1575 so‘m;
— 10 001 kWh'dan keyin – 1800 so‘m.
Tabiiy gaz uchun
Isitish mavsumida – noyabr-fevral oylarida aholi xonadonlari uchun tabiiy gaz tariflari (1 kub metr uchun, oyiga):
— 500 kub metrgacha – 650 so‘m (hozirda 380 so‘m);
— 501 kub metrdan 2500 kub metrgacha – 1500 so‘m;
— 2501 kub metrdan 5000 kub metrgacha – 1950 so‘m;
— 5001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2275 so‘m;
— 10 001 kub metrdan keyin – 2600 so‘m.
Mart–oktyabr oylarida:
— 100 kub metrgacha – 650 so‘m;
— 101 kub metrdan 2500 kub metrgacha – 1500 so‘m;
— 2501 kub metrdan 5000 kub metrgacha – 1950 so‘m;
— 5001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2275 so‘m;
— 10 001 kub metrdan keyin – 2600 so‘m.
Shuningdek, isitish mavsumida ehtiyojmand (Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiruvchi) oilalarga quyidagicha kompensatsiyalar berilishi belgilandi.
270 ming miqdoridagi bir martalik moddiy yordam;
Gaz uchun bazaviy meyordan ortiq 250 kub metrgacha;
Elektr uchun bazaviy meyordan ortiq 150 kWh'gacha farq kompensatsiya qilib beriladi.
A.Otamuradov
Oqdaryo tuman adliya
bo‘limi bosh maslahatchisi