Inson va qonun NOQONUNIY QURILISHGA CHEK QO'YILDI

Inson va qonun
NOQONUNIY QURILISHGA CHEK QO'YILDI

Fuqaro S.O'roqov (ismi-sharifi o'zgartirilgan) tomonidan Oqdaryo tumani "Samarqand" MMTP hududidagi "Oqdaryo Klasteri" fermer xo'jaligi hisobida bo'lgan qishloq xo'jalik xaritasining 58-raqamli konturidagi yer maydonida 51,3 ball bonitetga ega bo'lgan sug'orib haydaladigan 0,13 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olgan. U 2023-2025 yillarda noqonuniy ravishda 170 kvadrat metr molxona binosi qurib olgan bo'lib, davlat va jamoat manfaatlariga 13 595 997so'm zarar yetkazgan.

Sudlanuvchi S.O'roqov aybiga iqrorlik bildirib, quyidagicha bayonot berdi. U Oqdaryo tumani, Samarqand MMTP hududida joylashgan "Oqdaryo Klasteri" fermer xo'jaligi yer maydonlaridan 1992- yildan boshlab qishloq xo'jaligi ekini va mevali daraxtlar ekib foydalanib kelgan. Ushbu hududga dastlab taxminan 2016-yilda yashash uchun uy-joy qurgan. Shundan so'ng  2023-2025 yillar davomida chorvachilik qilish uchun molxona binosi qurgan. Uning  ushbu yer maydoniga molxona binosi qurish uchun biron bir ruxsat beruvchi hujjati mavjud emas edi. Shuning uchun ham unga   20.01.2026-yilda Kadastr agentligi Oqdaryo tuman bo'limi tomonidan ushbu qurilgan molxona binosini buzish haqida ogohlantirish xati berilgan edi. Shunday bo'lsada, u ushbu qurilgan beton fundamentni buzmagan va ushbu yerga molxona binosini qurgan. Lekin, o'zboshimchalik bilan egallab olingan 0.13 gektar yer maydonida qurilgan 170 kvadrat metr o'lchamdagi molxona binosi suvli yer maydonida joylashganligidan uning xabari bo'lmagan. U qurilish ishlarini amalga oshirish uchun biror bir shaxsdan ruxsat ham so'ramagan.

Shuningdek, u ushbu  yer maydonidan vaqtinchalik foydalanib turish uchun ishlatib kelganligini, o'z aybiga to'liq iqrorligini, qilmishidan pushaymonligini, bugungi kunda yetkazilgan zararni to'liq qoplaganligini, unga nisbatan qonuniy yengillik berishlikni so'rab ko'rsatma berdi.

O'roqov Sodiq O'zbekiston Respub-likasi JK 2291-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, O'zbekiston Respublikasi JKning 57-moddasini qo'llab, unga nisbatan  2 yil 6  oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 T.Almamatov, Samarqand viloyat sudi sudyasi.