OILAVIY ZO'RAVONLIKKA YO'L QO'YILMAYDI

Huquqbuzar Nabiyev Temur (ismi-sharifi o'zgartirilgan), 1989- yilda tug'ilgan, oilalik, 3 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, mu-qaddam ma'muriy javob-garlikka tortilgan. U 2026-yil 7-avgust kuni 20:00 larda spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holatda Oqdaryo tumani, "Pichoqchi" mahallasida joylashgan yashash uyida turmush o'rtog'i Nabiyeva Hamida (ismi-sharifi o'zgartirilgan) bilan o'zaro kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida janjallashib qolishadi. Nabiyev Temur o'zaro janjal natijasida turmush o'rtog'ini urib, qasddan badaniga yengil shikast yetkazib, oilaviy zo'ravonlik qilganligi aniqlanib, bu haqda ma'muriy bayonnoma tuzilgan.
Sud majlisida so'roq qilingan huquqbuzar T.Nabiyev o'zining ko'rsatuvida aybiga iqrorlik bildirib, quyidagilarni aytdi. Haqiqatdan ham u o'sha kuni soat 20:00 larda spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holatda o'z uyiga qaytadi. Turmush o'rtog'i H.Nabiyeva bilan ishdan kech kelganligi sababli o'zaro janjallashib qolishadi. Jahl ustida u oilaviy zo'ravonlik qilib, turmush o'rtog'ini urib yengil tan jarohati yetkazadi.
Hozirgi kunda turmush o'rtog'i H.Nabiyeva bilan yarashmaganligini, oilaviy sharoiti og'irligini inobatga olib, qonuniy yengillik berishlikni bildirib bayonot berdi.
Sud majlisida so'roq qilingan jabrlanuvchi H.Nabiyeva haqiqatdan ham o'sha kuni turmush o'rtog'i mast holatda kelganligini, shu sababli ular o'zaro tortishib qolganligini aytdi. Turmush o'rtog'i uni urib yengil tan jarohati yetkazganligini, uning doimiy ravishda mast holatda janjal qilib, urib tan jarohati yetkazib kelishligini, bunday holat oldinlari ham sodir bo'lganligini ta'kidladi. Hozirda u turmush o'rtog'i bilan yarashmaganligini, unga nisbatan da'vosi borligini bildirib bayonot berdi.
Huquqbuzar Nabiyev Temur O'zbekiston Respublikasi MJtK 592-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtK 592-moddasining 2-qismi bilan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Sh.Tursunov,
Jinoyat ishlari bo'yicha Oqdaryo tuman sudi raisi.







