Mahallalar yangi qiyofa kasb etmoqda

So'nggi yillarda tumanimiz mahallalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida hududning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy qiyofasi sezilarli darajada o'zgarib bormoqda. "Obod qishloq", "Obod xonadon", "Obod mahalla" dasturlari, "Yashil makon" umummilliy loyihasi, ta'lim va sog'liqni saqlash tizimidagi tub o'zgarishlar - bularning barchasi mahallalarda yangi hayot tarzini shakllantirmoqda. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi "Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-298-sonli qarori asosida Oqdaryo tumani "Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturini ishlab chiqdi. Ushbu dastur doirasida tumanga 100 mlrd. so'm mablag' ajratilib, 6 ta asosiy yo'nalish bo'yicha 11 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. 
Shuningdek, Yangi O'zbekiston qiyofasidagi mahallalarga 5 mlrd. so'mdan 15 mlrd. so'mgacha mablag' ajratilgan hamda 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarorga muvofiq, tumandagi 3 ta og'ir mahallani rivojlantirish uchun qo'shimcha 9 mlrd. so'm mablag' ajratildi.
Bugungi kunda mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma bilan bog'liq muammolarni hal etish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Tumanimizda 35 ta mahalla fuqarolar yig'ini mavjud bo'lib, 182 500 mingdan ziyod aholi mavjud. Shundan 39 mingta xonadon va 46 mingdan ziyod oila mavjud. Bugungi kunda tumanimiz aholisi kundan-kunga oshib bormoqda va aholimiz uchun turli xil shakldagi xizmatlar va aholining sharoitini yaxshilash choralari ko'rib kelinmoqda.
Joriy yilda mahallalar moddiy tehnik bazasini mustahkamlash hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida jami 2 mlrd. 487 mln. so'm xarajat qilinib, mahalla jamg'armasi hisobidagi qoldiq 1 mlrd. 741 mln. so'mni tashkil etadi.
Jumladan, yoritish tizimini yaxshilash maqsadida Z.M.Bobur, Po'latdarxon, Taraqqiyot, Paxtaobod, Chorbog', Alisher Navoiy, Sug'onchi, Amir Temur, Istiqlol, Uzunqishloq, Navro'z  mahallalariga jami  386 dona 299 mln.762 ming so'mlik tungi yoritish chiroqlari hamda 13 dona 16 mln. 783 ming so'mlik elektr hisoblagichlar o'rnatildi.
Shuningdek, ichki yo'llarni yaxshilash maqsadida aholi harakatlanish xavfsizligini oshirish maqsadida tumanimizdagi 18 ta mahallalarda jami 21,6 km masofadagi piyodlar yo'lakchalari tashkil qilindi. O'zbekiston mahallasiga ichki ko'chalarni asfaltlashtirish maqsadida 34 mln. 959 ming so'mlik 35 tonna sement olinib, betonlashtirish ishlari qilindi.   Yangiqo'rg'on mahallasida 59 mln. 400 ming so'mlik 300 metr asfalt qoplamasi olinib, ichki yo'l asfaltlashtirildi.
Mahallani obodonlashtirish ishlarini tashkil etish maqsadida 24 ta mahallalarga 10 ga yaqin turdagi 79 mln. 600 ming so'mlik 70 dona ish qurollari olib berildi. Jumladan, Z.M.Bobur, Po'latdarxon, Chorbog', Loyish, Miyonqol, Primkent va Navro'z mahallalaridagi ko'chalarda bolalar maydonchalari, o'yingohlar qurilib topshirildi.
Joriy yilning 3-4 choraklarida Uchtepa va Uzunqishloq mahallalarida qurilish ishlari boshlangan bo'lib, hozirga qadar 68 mln. so'm Uchtepa mahallasiga, 49 mln. so'm Uzunqishloq mahallasiga mablag' ajratilgan. Shu jumladan, 8 ta mahalla binolarini ta'mirlash uchun 110 mln. 800 ming so'mlik kerakli mahsulotlar xarid qilinib, 13 ta mahallaga 19 ta kompyuter texnikasi, 14 ta mahallaga 16 ta printer texnikasi, 14 ta mahallaga 272 mln. so'mlik kondisioner texnikalari va stol-stul, shkaf, kreslo, 267.9 mln. so'mlik mebel jamlanmalari olib berilgan.
Shuningdek, Yangihayot, Pichoqchi, Olchintepa, Paxtaobod, Temirak mahallalariga 117.5 mln. so'mlik quyosh panellari o'rnatilib, hozirgacha jami 15 ta mahallaga quyosh panellari o'rnatildi.
2026-yilda Pichoqchi, Taraqqiyot, Bozorjoy, Sug'onchi mahallalarida kam ta'minlangan va aholining ehtiyojmand qismiga uy-joy ta'miri bo'yicha 10 turdagi uy-joy ta'miri uchun 97.5 mln. so'mlik mahsulotlar olib berilgan.
Yashil makon loyihasi doirasida mahallalarga 21.6 mln. so'mlik har xil turdagi daraxt ko'chatlari olib berilib, ekilgan. Suv tanqisligi mavjud hududlarga 11.1 mln. so'mlik hajmda  quduqlar tashkil qilinib, foydalanishga topshirilgan.
Hozirgi kunda 24 ta mahallaning kirish-chiqish joylariga 44.8 mln. so'mlik stendlar olib berilib, mahallalar qiyofasini zamonaviy ko'rinish kasb etish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda. Kelgusida bu boradagi ishlarni to'liqligicha barcha mahallalarda joriy etishga harakat qilamiz.
Bir so'z bilan aytganda, aholiga kerakli infratuzilma bilan bog'liq muammolarni hal qilish, mahalla moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlarini tegishli tashkilotlar hamkorligida to'liq bajarish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.


X.DAVRONOV,

O'zbekiston Mahallalari uyushmasi Oqdaryo tuman bo'limi boshlig'i.